USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Olov tez, yordam sekin (2-qism): Qöşköpirda «tez yordam» özini qutqarolmay qolyaptimi?

992 марта
“Qutqaruvçi özini qutqara olmasa, u qanday qilib boşqalarni qutqaradi?”

Qöşköpir tumanida faoliyat yuritayotgan tez tibbiy yordam avtomobillari haqida bizga kelib tuşgan videotasvirlar heç qanday izohsizyoq bir holatni körsatdi: tez yordam maşinalarining şinalari kal, texnik holati esa xavotirli darajada. Agar şoşilinç çaqiruvga ketayotgan avtoulovning özining ham harakatlana olişi şubha ostida bölsa, biz qanday tezlik va qanday yordam haqida gapira olamiz?


Kim nazorat qiladi?

Har bir şoşilinç çaqiruv oldidan tez tibbiy yordam avtomobili texnik nazoratdan ötişi şart. Bu nazorat uçun javobgar şaxs — soğliqni saqlaş tizimidagi avtopark xizmati rahbariyati, aniqroği, şu hududdagi tez yordam bölimi rahbari hisoblanadi. Texnik körikdan ötmagan, xavfli holdagi transport vositasi çaqiruvga çiqmasligi kerak.

Afsuski, mavjud malumotlarga köra, Qöşköpirda bu tartib qöldan ketgan. Kal şinada harakatlanayotgan maşinalarning videolari bu holatni rad etib bölmas dalil sifatida körsatadi. Savol tuğiladi: bu maşinalar qanday qilib yölga çiqib, odam hayoti uçun javobgar vazifani bajarişyapti?

Texnik holat – hayot va mamot masalasi

Tibbiyot xodimlari tez yordamda har kuni önlab çaqiruvlarga boradi. Yölda har qanday nosozlik nafaqat bemor, balki uning hayotini saqlab qoliş uçun kuraşayotgan şifokorlarning ham hayotini xavf ostiga qöyadi. Kal şinada harakatlaniş:
 • tormoz masofasini ança uzaytiradi;
 • avtohalokatga sabab bölişi mumkin;
 • qattiq tormoz paytida maşinaning boşqaruvini yöqotişga olib keladi.

Yani, har bir çaqiruv – bu nafaqat bemor uçun, balki uni qutqarişga harakat qilayotgan şifokor uçun ham hayot va mamot yöliga aylanib qolmoqda.



Bu faqat şina emas, tizimning qaltinişi

Qöşköpirdagi şina muammosi — bu faqat bir maşinaning emas, balki butun tizimning izdan çiqqaniga işora. Davlat mablağlari ajratiladi, tenderlar ötkaziladi, lekin natija yöq. Bu holat masul idoralar öz vazifasini qanday bajarayotganiga oçiq savol qöyadi.

Agar soğliqni saqlaş tizimidagi avtoxizmat xodimlari har kuni yölga çiqadigan maşinalarning texnik holatini nazorat qilmasa, şifokorga ham, bemorga ham davlat kafolati qay darajada degan savol tuğiladi.


Jamoatçilik nazorati kerak

xorazmbugun.uz tahririyati sifatida biz uşbu holat yuzasidan:
 1. Qöşköpir tuman tibbiyot birlaşmasi rahbariyatidan rasmiy izoh söraymiz;
 2. Viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasidan texnik nazorat tartiblari haqida oçiq malumot berişini talab qilamiz;
 3. Boş prokuratura va Hisob palatasini uşbu holat yuzasidan tekşiruv ötkazişga çaqiramiz.

Şu bilan birga, fuqarolardan ham şunga öxşaş holatlar böyiça foto va videolarni bizga yuborişlarini söraymiz. Faqat jamoatçilik nazorati orqali tizimni tartibga soliş mumkin.

⸻

Haqiqatni yoritiş – xavfni oşkor qilişdir.
xorazmbugun.uz – sizning ovozingiz.

Muallif: K.Karimov, xorazmbugun.uz tahlilçisi

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: