USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özboşimçalik bilan qurilgan uy-joylarga egalik huquqini oliş yengillaştiriladi

514 марта

Özboşimçalik bilan qurilgan uy-joylarga egalik huquqini oliş yengillaştiriladi

Manba: “Daryo” / Madina Nurman
Özbekistonda özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga nisbatan huquqlarni etirof etişda fuqarolar uçun qöşimça qulayliklar yaratiladi.

Senatning 18 maydagi yalpi majlisida bu közda tutilgan qonun körib çiqilib, maqullandi. Qonun bilan “Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni etirof etiş töğrisida”gi hamda “Köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş töğrisida”gi qonunlarga huquqlarni etirof etiş bilan boğliq bölgan hujjatlarni körib çiqiş muddatlarini qisqartirişga hamda huquqlarni etirof etiş işlari bilan boğliq şikoyatlarni körib çiqiş jarayonlarini takomillaştirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.


Majlisda sözga çiqqan senator Erkin Gadoyevning malum qilişiça, özboşimçalik bilan qurilgan inşootlarga mulk huquqini rasmiylaştirişda bir martalik tölovni bölib-bölib tölaş imkoniyati yaratiladi. Yer uçastkasiga bölgan ijara huquqini etirof etiş uçun bir martalik tölovning 50 foizi 20 kun içida tölangan taqdirda, tölovning qolgan qismini tölaşdan ozod etiladi.
Erkin Gadoyev
Foto: Senat matbuot xizmati
Inşootga tegişli qarzdorlik BHMning 30 baravarigaça (12 mln 360 ming söm) bölganda, bu mulkka nisbatan egalik huquqi olişga monelik keltirib çiqarmaydi. Mulk huquqini etirof etiş böyiça hujjatlarni körib çiqiş va jamoatçilik uçun elon qiliş muddati 150 kundan 50 kunga qisqartiriladi.

Senatorlarning fikriça, uşbu qonun bilan kiritilayotgan normalar jismoniy va yuridik şaxslarning köçmas mulk obektlariga bölgan huquqlarini etirof etişga tösqinlik qiluvçi omillarni bartaraf etişga xizmat qiladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: