USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistondagi 8 ming bolaga 200 dollardan hayitlik beriladi

465 марта
Özbekistondagi 8 ming bolaga 200 dollardan hayitlik beriladi

Özbekistondagi 8 ming nafardan ziyod yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar hamda mamlakat sarhadlarini himoya qiliş yölida qurbon bölgan ota-onalarning farzandlarining omonat hisobvaraqlariga 200 AQŞ dollari miqdorida pul mablağlari ötkazib beriladi. Bu haqda bugun, 21 may kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand aholini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qöllab-quvvatlaş yuzasidan takliflar taqdimotida söz boradi.

Taqdimotda Özbekiston musulmonlari idorasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Özbekiston mahallalari uyuşmasi hamda “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan işlab çiqilgan takliflar haqida axborot berilgan.

Ularga köra, Qurbon hayiti munosabati bilan keng kölamli tadbirlarni amalga oşiriş nazarda tutilmoqda. Jumladan, oğir va nogironlikni keltirib çiqaruvçi kasalliklarga çalingan 10 ming nafar bolada jarrohlik amaliyoti ötkaziş, 2,3 ming nafar onkologik, gematologik va onkogematologik taşxisi qöyilgan bemorlarni tibbiy tekşiruvdan ötkaziş, davolaş va jarrohlik amaliyotlari, şuningdek, kamida 350 nafar bemorda jigar va buyrak transplantatsiyasi amaliyotlarini ötkaziş xarajatlarini qoplaş közda tutilgan.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qöllab-quvvatlaşga ham alohida etibor qaratiladi. 8 ming nafardan ziyod yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar hamda vatan sarhadlarini himoya qiliş yölida qurbon bölgan ota-onalarning farzandlarining omonat hisobvaraqlariga 200 AQŞ dollari miqdorida pul mablağlari ötkazib beriladi.
Bundan taşqari, 500 ta masjidda aholi uçun qulay şaroitlar yaratiş maqsadida zamonaviy tahoratxonalar quriş, rekonstruktsiya qiliş yoki tamirlaş, şuningdek, joylardagi qabristonlarni obod qiliş işlari amalga oşiriladi.

Davlat taminotidagi oilalar, özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz yaşovçi hamda yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslar oziq-ovqat töplamlari bilan taminlanadi.

Mazkur çora-tadbirlar “Vaqf” xayriya jamoat fondiga ajratiladigan 690 milliard söm mablağ hisobidan moliyalaştiriladi.

Şuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalari uçun ehson dasturxonlari yoziş, ziyoratgohlar va diniy talim taşkilotlarida qurbonlik tadbirlarini ötkaziş rejalaştirilgan.

Prezident ehtiyojmand aholini qöllab-quvvatlaş, bemorlarni davolaş va bolalarga kömak körsatiş bilan boğliq tadbirlar şaffof va manzilli taşkil etilişi zarurligini takidlagan hamda mutasaddilarga tegişli topşiriqlar bergan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: