Muqaddam sudlangan narkosavdogarlar ozodlikdan mahrum etildi
22-05-2026, 08:07
921 марта
Muqaddam sudlangan narkosavdogarlar ozodlikdan mahrum etildiGiyohvandlik — jamiyat xavfsizligi, millat kelajagi va yoşlar taqdiriga rahna soluvçi eng oğir illatlardan biri. Afsuski, ayrim şaxslar bu “ajal savdosi”ga qöl urib, nafaqat öz hayotini, balki boşqalar taqdirini ham jar yoqasiga olib bormoqda.
Jumladan, Toşkent viloyatining Bekobod tumanida yaşovçi, 1999 y.t., muqaddam Jinoyat Kodeksining 112-moddasi (öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) va 140-moddasi (haqorat qiliş) bilan sudlangan ayol 2025 yilning iyul oyida qöşni respublikaga borib, narkosavdogardan 1 kg “gaşiş” moddasini 6 ming AQŞ dollariga sotib oliş va uni mamlakatimiz hududidagi tegişli manzilga yetkazib beriş böyiça kelişuvga erişgan.
Oradan malum bir vaqt ötib, ayol “Vatsap” messenjeri orqali giyohvandlik vositasi qoldirib ketilgan xufiya joy manzilini olgan.
Söngra muqaddam giyohvandlik vositalari bilan boğliq jinoyatlari uçun sudlangan ikki tanişi bilan Bekobod şahri hududidagi dala maydoniga yöl olgan.
Biroq, ular ajal oğusini xufiya joydan olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Ekspertiza xulosasiga köra, giyohvandlik vositasining sof oğirligi 985 grammni taşkil etgan.
Tergov jarayonida ayol özining 1993 y.t. jinoiy şerigi bilan birgalikda Bekobod şahridan ijaraga xonadon olib, u yerda giyohvandlik vositalarini sotiş hamda istemol qiliş uçun “bangixona” taşkil etganliklari ham foş böldi.
Jinoyat işlari böyiça Bekobod şahar sudining hukmiga köra, mazkur şaxslar Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga nisbatan 8 yil 3 oydan 10 yil 6 oy muddatgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda giyohvandlik vositalari savdosi bilan boğliq holatlarga duç kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qönğiroq qilib, xabar bering. Şaxsingizning sir saqlanişi kafolatlanadi.