Qayta jinoyat sodir etgan narkosavdogar uşlandi
22-11-2025, 14:08
105 марта

Qayta jinoyat sodir etgan narkosavdogar uşlandi
Samarqand viloyatida muqaddam sudlangan 59 yoşli narkosavdogar qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Bojxona hamda Içki işlar boşqarmalari bilan hamkorlikda Urgut tumanida tezkor tadbir ötkazilgan.
Xususan, oldindan kuzatuvga olingan, Urgut tumanida yaşovçi, 1966 yilda tuğilgan muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan boğliq jinoyati uçun sudlangan şaxs 993 gramm “opiy” moddasini şartli xaridorga 15 ming AQŞ dollariga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Aniqlanişiça, uşbu narkotik modda Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yöli bilan olib kelingan.
Hozirda mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.
“Takidlaş lozimki, Jinoyat kodeksining uşbu moddalarining mazkur qismlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlik uçun 10 yildan 20 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan”, deyiladi xabarda.