USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Maqsad sari” şina tortgan bola: uning otasiga çora körilişi mumkin

56 марта
“Maqsad sari” şina tortgan bola: uning otasiga çora körilişi mumkin

Ota taxminan 8–9 yoşdagi öğlini “maqsadlariga yetişi” uçun avtomobil şinasiga boğlab, jismoniy zöriqişga undayapti va “maşğulot” videolarini Instagram'ga joylab bormoqda. Holat tarmoqlarda etirozlarga sabab böldi. Ayrim foydalanuvçilar bola nosoğlom sport turiga jalb etilayotganini takidlab, otaga çora körişni söragan. Bolalar ombudsmani buni “normal amaliyot emas” deya baholab, bola manfaatlarida holatga aniqlik kiritiş uçun tegişli idoralarga murojaat qildi.

Foto: Videodan kadr
Farğonada ota özining taxminan 8–9 yoşli öğliga avtomobil şinasini boğlab, yugurişga majbur qilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Kadrlarda ota bolani “monstr öğlim” deya, uni şina bilan jismoniy maşq bajarişga undayotgani körinadi.

Sahifadagi boşqa videolarda ham bolaga nisbatan jismoniy bosim holatlari aks etgan.
Ota farzandiga “maqsadlariga yetiş” haqida gapirgan, lekin qanaqa maqsadlar ekanini biror videoda tilga olmaydi.
Foydalanuvçilarning fikriça, ota farzandini sportda yuqori natijalarga yetkazişni, çempion qilişni maqsad qilgan bölişi mumkin, biroq körsatilgan maşqlar professional sport tayyorgarligi talablariga mos kelmaydi. Aksinça, bu bolaga nisbatan ortiqça jismoniy va ruhiy zöriqiş sifatida baholanişi mumkin.

Izohlarda foydalanuvçilar bola nosoğlom sport turiga majburlanayotgani va otaga nisbatan çora körilişini söragan. Jumladan, bir foydalanuvçi quyidagiça izoh qoldirgan:
“Mana şu ‘ota’ga munosabat kutib qolamiz. Farzandiga yetarli ‘pitaniya’siz va sport uçun zarur şaroitlarsiz jismoniy maşqlarga majburlayapti. Sahifasiga kirib körsangiz, bir qator şunga öxşaş videolar bor. U bola hozir ilm olişi kerak bölgan yoşda. Işonçim komil, farzand otasining majburlaşi bilan nosoğlom yuklamalar ostida maşq qilmoqda. Sizlardan iltimos, bu holatga huquqiy baho berib, çora körişingizni söraymiz”, deyiladi izohda.
Bolalar ombudsmani Kun.uz’ga holat yuzasidan öz munosabatini bildirib, bu normal holat emasligini takidladi.
“Hozirgi kunda bolalarni ijtimoiy tarmoqlar orqali kontent yaratiş jarayoniga jalb qiliş amaliyoti kengayib bormoqda va bu global muammo sifatida baholanadi. Köp holatlarda ota-onalar farzandlarini ijtimoiy tarmoqlarda namoyiş etiş orqali auditoriya yiğiş yoki turli maqsadlarni közlaşga intilmoqda. Masalaning murakkab jihati şundaki, bu borada aniq huquqiy tartib va çeklovlar yetarliça belgilanmagan, natijada bolalar öz xavfsizligi va huquqlari nuqtai nazaridan yetarliça himoyalanmagan holda qolmoqda”, deyiladi ombudsman munosabatida.
Idora pozitsiyasiga köra, bolaning şaxsiy hayotini internetda ommaviy namoyiş qiliş uning manfaatlariga zid bölib, ota-onalar farzandlarining tobeligi va zaif holatidan foydalaniş orqali ularning şaxsiy daxlsizligiga putur yetkazişi mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: