Qidiruvdagi özbekistonlik AQŞda uşlandi
26-05-2026, 16:55
210 марта

Qidiruvdagi özbekistonlik AQŞda uşlandi
Özbekistonda giyohvand moddalari savdosi bilan şuğullanib, huquq-tartibot organlaridan yaşiriniş uçun çet elda qoçib yurgan qidiruvdagi 37 yoşli şaxs AQŞda qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar qildi.Qayd etilişiça, IIV Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan Amerika Qöşma Ştatlari huquq-tartibot idoralari hamda AQŞning Toşkentdagi Elçixonasi bilan hamkorlikda qidiruvdagi şaxsni Özbekistonga qaytariş amalga oşirilgan.
Unga köra, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, egallaş, saqlaş va boşqa harakatlar) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, 2023 yilda qidiruv elon qilingan 1989 yilda tuğilgan Özbekiston fuqarosi AQŞning Nyu-York şahrida aniqlanib, uşlangan hamda belgilangan tartibda Özbekistonga deportatsiya qilingan.