Kafe va restoranlarda alkogolni naqd pulga sotişga ruxsat beriladi
26-05-2026, 19:20
227 марта

Kafe va restoranlarda alkogolni naqd pulga sotişga ruxsat beriladi
Özbekistondagi kafe, restoran va mehmonxonalarda alkogol hamda tamaki mahsulotlarini naqd pulga sotişga ruxsat beriladi. Bu haqda bugun, 26 may kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan kiçik biznes subektlari ösişi uçun yanada qulay iqtisodiy va mamuriy şaroitlar yaratişga qaratilgan takliflar taqdimotida söz boradi.Qayd etilişiça, umumiy ovqatlaniş va mehmonxona xizmatlari sohasida bir qator yengilliklar nazarda tutilgan. Jumladan, alkogol va tamaki mahsulotlarini naqd şaklda realizatsiya qilişga ruxsat beriş, QQSning bir qismini qaytarişda naqd pulsiz tuşum uluşi doir talabni bekor qiliş, ayrim xodimlarni soddalaştirilgan tarzda rasmiylaştiriş taklif qilingan.
Uşbu çoralar 600 mingdan ortiq kiçik biznes subekti uçun qonuniy ösiş imkoniyatini oşirişi kutilmoqda. Soliq bazasi şaffoflaşişi hisobiga byudjetga yiliga kamida 2 trillion söm qöşimça tuşum tuşişi prognoz qilinmoqda.
Davlat rahbari uşbu takliflarni maqullab, kiçik biznesga qulay va adolatli şaroit yaratiş, soliq mamuriyatçiligini soddalaştiriş hamda raqamlaştiriş orqali tadbirkorlarni faoliyatini kengaytirişga rağbatlantiriş va işonçini mustahkamlaş yuzasidan mutasaddilarga tegişli topşiriqlar bergan.