Rossiyada kriptoaktivlarni naqd pulga aylantiriş taqiqlanadi
11-04-2026, 11:31
64 марта

Rossiyada kriptoaktivlarni naqd pulga aylantiriş taqiqlanadi
Rossiya hukumati mamlakat içida kriptoaktivlarni “naqdlaştiriş” mexanizmini joriy etmaydi. Bu haqda mamlakat Markaziy banki raisining birinçi örinbosari Vladimir Çistyuxin RBK efirida malum qildi.Uning sözlariga köra, soha qonuniy tartibga solinganidan keyin ham rasmiy kriptoalmaşinuv nuqtalarida “bitkoinni naqd pulga aylantiriş” imkoni bölmaydi.
“Biz barça operatsiyalar, jumladan, fiat (oddiy) valyutada tölov qiliş faqat naqd pulsiz şaklda amalga oşirilişi kerak deb hisoblaymiz... Biz nazorat mexanizmi töliq va normal işlaşini xohlaymiz”, deydi Çistyuxin.Uning fikriça, bunday yondaşuv kriptoaktivlardan noqonuniy sxemalarda, jumladan, pul yuvişda foydalaniş xavfini kamaytiradi.
Davlat dumasi kriptobozorni legallaştiriş töğrisidagi hukumat qonun loyihasini aprel oyida körib çiqişni boşlaydi. Qonun 2026 yil 1 iyuldan kuçga kirişi rejalaştirilgan. Şundan söng fuqarolar va kompaniyalar litsenziyaga ega vosiçilar orqali qonuniy ravişda kriptovalyuta sotib olişi mumkin böladi.
“Bozorda Markaziy bank reyestriga kirgan kriptoalmaşinuv nuqtalari, brokerlar va işonçli boşqaruvçilarga işlaşga ruxsat beriladi. Noqonuniy faoliyat va qoidabuzarliklar “qattiq jazolanadi”, deya ogohlantirgan Çistyuxin.