Prezident Özbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
26-05-2026, 19:40
121 марта
Prezident Özbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi Muhtaram vatandoşlar!
Siz, azizlarni, yurtimizdagi barça mömin-musulmonlar, butun xalqimizni bugungi uluğ ayyom – muborak Qurbon hayiti bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Tinçlik, mehr-oqibat va saxovat bayrami – Iyd al-Adha muqaddas dinimiz mohiyatida mujassam bölgan ezgu ğoya va amallarni yaqqol ifoda etgan holda, hozirgi kunda mamlakatimizda insonparvarlik ruhida olib borilayotgan keng kölamli islohotlarimizning mano-mazmuniga uyğun va hamohang ekani bilan barçamiz uçun yanada aziz va qadrli bölib bormoqda.
Bu haqda söz yuritganda, köpmillatli yurtimizda osoyiştalik, döstlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlaş, yordamga muhtoj insonlar, muhtaram nuroniylar, xotin-qizlar va yoşlarni qöllab-quvvatlaş, mahalla va xonadonlarni obod qilişga qaratilgan işlarimizda Qurbon hayitining ezgu ananalari kuç-ğayrat va ilhom manbai bölib xizmat qilayotganini takidlaş lozim.
Keyingi yillarda Özbekistonning qadimiy tarixi va boy madaniy qadriyatlarini, buyuk alloma va mutafakkirlarimizning ilmiy-marifiy merosini, islom dinining asl mohiyatini örganiş va tarğib etiş borasidagi işlarimiz yangi bosqiçga kötarilmoqda. Buni yaqinda xalqimiz va yurtimiz mehmonlari uçun öz eşiklarini oçgan azim poytaxtimizdagi Islom tsivilizatsiyasi markazi, Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi, Marğilon şahridagi Burhoniddin Marğinoniy ilmiy-marifiy va turizm majmuasi kabi Yangi Özbekiston möjizalari bölgan noyob obidalar misolida yaqqol köriş mumkin.
Heç şubhasiz, bularning barçasi Yangi Özbekistonni barpo etiş yölidagi muhim tarixiy qadamlar bölib, ular bizni yanada katta safarbarlik bilan harakat qilişga davat etadi.
Hurmatli döstlar!
Yurtimizda diniy etiqod erkinligini taminlaş uçun yaratib berilayotgan qulay şaroitlar tufayli uşbu munavvar kunlarda 15 mingdan ziyod vatandoşlarimiz muqaddas haj amallarini ado etmoqda. Bu yil tariximizda ilk marta “Prezident hojilari” dasturi joriy etilganidan xabaringiz bor. Uşbu dasturga muvofiq, el-yurtimizga sidqidildan xizmat qilgan 100 nafar yurtdoşimiz – ulamolar, nuroniylar, mahalla faxriylari hamda ularning oila azolari muborak haj safariga boriş imkoniyatiga ega böldilar.
Mana şu saodatli onlarda barça hojilarimizni Qurbon hayiti bilan qutlab, ibodatlari qabul bölişini Alloh taolodan sörab qolamiz. Muqaddas ziyoratdan qaytib keladigan bu hurmatli yurtdoşlarimiz ezgulik va marifat tarğibotçilari sifatida oila va mahallalarimizda, butun jamiyatimizda olib boriladigan manaviy-tarbiyaviy işlarda faol iştirok etadilar, deb umid qilamiz.
Fursatdan foydalanib, dunyoning turli mamlakatlaridagi musulmon döstlarimiz va hamkorlarimizga ham qizğin qutlovlarimizni yöllab, ularga tinçlik, ravnaq va farovonlik tilab qolamiz.
Aziz vatandoşlar!
Qurbon hayiti munosabati bilan bu yil ham bir neça kundan iborat dam oliş kunlari belgilandi. Bayram kunlarida ham elimiz xizmatida, Vatan sarhadlarida öz vazifasini masuliyat bilan ado etayotgan yurtdoşlarimizga alohida minnatdorlik bildiramiz.
Çet ellarda tahsil olayotgan va işlayotgan vatandoşlarimizni ham samimiy tabriklab, ularning barçasiga ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.
El-yurtimizni şunday qutluğ ayyomga tinçlik-omonlikda va hamjihatlikda yetkazgani uçun Alloh taologa hamdu sanolar bölsin!
Ilohim, Yaratgan parvardigor el-yurtimizni öz panohida asrasin!
Qurbon hayiti barçamizga muborak bölsin!
Şavkat Mirziyoyev,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti