Özbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi
19-03-2026, 19:02
220 марта
Özbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigiQadrli vatandoşlar!
Siz, azizlarni, butun xalqimizni ezgulik, mehr-oqibat va saxovat ayyomi – muqaddas Ramazon hayiti bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Uşbu şukuhli onlarda barçamizni mana şunday fayzli va saodatli kunlarga yetkazgani uçun Yaratganga çeksiz şukronalar aytamiz.
Keyingi yillarda şakllangan ananamizga muvofiq, mamlakatimizda Ramazon oyini munosib ötkaziş böyiça bu yil ham sizlar bilan, xalqimiz bilan birgalikda köplab xayrli işlarni amalga oşirdik.
Avvalo, maxsus qaror asosida aholining ehtiyojmand qatlamlarini qöllab-quvvatlaş maqsadida keyingi 35 yilda birinçi marta 1 trillion söm mablağ ajratilib, muhtoj va kam taminlangan oilalarni qöllab-quvvatlaş, bemorlarga zarur tibbiy yordam körsatiş kabi ezgu işlarga sarflanganini takidlaş lozim. Xususan, 450 milliard söm 600 mingdan ziyod ehtiyojmand oilaga moddiy kömak tariqasida yönaltirildi. Bundan taşqari, ijtimoiy reyestrdagi davolaş rejalaştirilgan 6 ming nafar bemorga tibbiy yordam körsatilmoqda, jumladan oğir kasallar operatsiya yöli bilan davolanmoqda.
Şuningdek, aholiga 100 ming dona Ramazon sovğalari tarqatildi. “Ramazon tuhfasi” loyihasi doirasida esa ehtiyojmand oilalar, “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida yaşovçilar hamda xorijdagi vatandoşlarimiz uçun 30 mingdan ortiq iftorlik tadbirlari ötkazildi.
Bunday olijanob işlar muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyatiga uyğun va hamohang bölib, inson qadrini yuksaltirişga qaratilgan islohotlarimizning ulkan amaliy natijalari sifatida barçamizni xursand qiladi.
Aziz döstlar!
Bugungi kunda Yangi Özbekiston öz taraqqiyotining yanada muhim bosqiçiga qadam qöymoqda. Keng kölamli yangilaniş jarayonlari tufayli hayotimizning barça soha va tarmoqlarida ösiş va yuksaliş suratlari ortib bormoqda. Diniy-marifiy sohani rivojlantiriş, islom tsivilizatsiyasining boy merosini çuqur örganiş va uni keng tarğib qiliş borasida ham katta işlar amalga oşirilmoqda.
Bu haqda söz yuritganda, ötgan yili Buxoro şahrida tasavvuf talimotining yorqin namoyandasi, buyuk avliyo bobomiz Bahouddin Naqşband hazratlari nomidagi ilmiy-tadqiqot markazi taşkil etilganini esga oliş örinlidir.
Bu yil esa, mana şu qutluğ va muborak kunlarda Toşkent şahrida Özbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi, Samarqand viloyatida Imom Buxoriy yodgorlik majmuasining oçilişi xalqimizga öziga xos Ramazon tuhfasi böldi.
Bu kabi ezgu işlarimizning davomi sifatida kalom ilmining sultoni Imom Moturidiyning Samarqand şahridagi majmuasi yangidan barpo etilmoqda. Toşkent şahrida esa yaqin kunlarda Xalqaro bağrikenglik va dinlararo muloqot markazi faoliyatini yölga qöyamiz. Uşbu markaz Vatanimizning millatlar va dinlararo muloqot va hamkorlik, tinçlik va döstlik diyori sifatidagi nufuzini oşirişga xizmat qiladi, deb işonaman.
Hurmatli yurtdoşlar!
Jahondagi hozirgi ğoyat murakkab vaziyatda oila va mahallalarda, butun mamlakatimizda osoyiştalik, fayzu baraka muhitini saqlaş, yoşlarimizni yot va buzğunçi ğoyalar tasiridan asraş öta dolzarb vazifamiz bölib qolmoqda.
Biz bu borada katta hayotiy tajribaga ega bölgan muhtaram otaxon va onaxonlarimiz, jonkuyar aka-uka va opa-singillarimiz, hurmatli ziyoli va ulamolarimizga, mahalla faollari hamda taşabbuskor yoşlarimizga tayanamiz.
Uşbu uluğ ayyom kunlarida jahonning turli hududlaridagi uruş va nizolar tezroq barham topib, barça xalqlar tinçlik va barqarorlikda hayot keçirişini tilab qolamiz.
Fursatdan foydalanib, dunyoning olis va yaqin mamlakatlaridagi musulmon birodarlarimizni qutlab, samimiy salom va tilaklarimizni yöllaymiz.
Xorijda bayram şukuhi bilan yaşayotgan vatandoşlarimizni ham çin dildan tabriklab, ularning işlari va öqişlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Qadrli va muhtaram yurtdoşlar!
Alloh taoloning rahmati yoğilib turgan uşbu qutluğ damlarda siz, azizlarni Iyd al-Fitr bayrami bilan yana bir bor muborakbod etib, barçangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinçlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.
Ramazon oyida tutgan rözalarimiz, qilgan ezgu amallarimiz qabul bölsin!
Parvardigori olam el-yurtimizni Öz panohida asrasin!
Ramazon hayiti barçamizga muborak bölsin!
Şavkat Mirziyoyev,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti