Özbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi
5-06-2025, 18:01
186 марта
Özbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi Muhtaram vatandoşlar!
Siz, azizlarni, barça mömin-musulmon yurtdoşlarimizni, butun xalqimizni uluğ va mötabar ayyom – Qurbon hayiti bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etib, özimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirişdan ğoyat mamnunman.
Jamiki islom ummati uçun qadrli bölgan uşbu şukuhli bayram – Iyd al-Adhoni el-yurtimiz bilan birgalikda tinç va osoyişta muhitda kutib olayotganimiz uçun, avvalo, mehribon va qudratli Alloh taologa behisob şukronalar aytamiz.
Heç şubhasiz, keyingi yillarda Yangi Özbekistonda ijtimoiy, xalqçil davlat barpo etiş, uning manaviy asoslarini mustahkamlaş va tasirçanligini oşirişda muqaddas islom dini, uning asosiy bayramlaridan biri bölgan Qurbon hayiti ham muhim rol öynamoqda.
Ayniqsa, bu bayramning insonparvarlik, ahillik, saxovat va olijanoblik kabi fazilatlari yurtimizda “Inson qadri uçun, inson baxti uçun” degan ezgu ğoya asosida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarga uyğun va hamohang bölib, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qöllab-quvvatlaş, keksalar, yoşlar va xotin-qizlar haqida alohida ğamxörlik körsatiş, kambağallikni qisqartirişga qaratilgan dasturlarimiz samarasini oşirişga xizmat qilayotganini alohida takidlaş örinlidir.
Aziz döstlar!
Bugungi kunda mamlakatimizda turli millatlar va diniy konfessiyalar örtasidagi hamjihatlikni mustahkamlaş, vijdon erkinligini taminlaş, diniy-marifiy merosimizni asrab-avaylaş, yoş avlodni milliy va umumbaşariy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş böyiça ulkan işlar amalga oşirilmoqda.
Bu haqda söz yuritganda, islom dinining ezgu tamoyillarini çuqur örganiş, buyuk tariximiz va madaniyatimiz durdonalarini, maşhur allomalarimizning boy merosini töplaş va keng tarğib etişga alohida etibor qaratilayotganini takidlaş lozim. Jumladan, köhna Şarq möjizasi – Samarqand şahri 2025 yilda islom madaniyati poytaxti, deb elon qilindi, uluğ vatandoşimiz Imom Moturidiyning 1155 yillik tavallud sanasi yurtimiz böylab keng nişonlanmoqda, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari qatoriga, şu yil Buxoro şahrida öz faoliyatini boşlaydigan Bahouddin Naqşband ilmiy-tadqiqot markazi ham qöşildi.
Poytaxtimiz Toşkent şahrida bunyod etilayotgan Islom tsivilizatsiyasi markazi ilmiy-manaviy yönalişdagi ulkan va noyob loyiha sifatida el-yurtimiz va xalqaro jamoatçilikda katta qiziqiş uyğotmoqda. Bu muazzam maskan köp ming yillik qadimiy tariximiz, boy va betakror milliy madaniyatimizning yorqin timsoli sifatida Yangi Özbekiston hayotidagi ğoyat muhim voqeaga aylanadi, deb işonaman.
Hurmatli yurtdoşlar!
Şu saodatli kunlarda 15 ming nafar vatandoşimiz muqaddas haj ziyoratini ado etmoqda. Ezgu duo va niyatlar ijobat böladigan mana şunday munavvar lahzalarda ularni ham Qurbon hayiti bilan samimiy qutlab, Yaratgandan yurtimizga soğ-omon qaytib kelişlarini söraymiz.
Umid qilamizki, muhtaram hojilarimiz jamiyatimizda birdamlik, oila va mahallalarimizda mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlaş, yoşlarimiz tarbiyasini kuçaytiriş, ularni ilm-marifatga, zamonaviy kasb-hunarlarni egallaşga, Vatan himoyaçisi bölişga tarğib etiş, muhtoj insonlarga kömak berişda alohida ibrat va namuna körsatadilar.
Qalblarimiz quvonçga tölgan uşbu fayzli kunlarda xorijiy davlatlarda bölib turgan vatandoşlarimizni ham bugungi uluğ ayyom bilan çin dildan qutlab, ularga soğlik-omonlik, baxt va omad tilaymiz.
Jahonning uzoq-yaqin ölkalaridagi musulmon ummatini ham qizğin tabriklab, ularning xalqlari va mamlakatlariga tinçlik, ravnaq va farovonlik tilab qolamiz.
Aziz va muhtaram vatandoşlar!
Hozirgi kunda dunyo naqadar murakkab va tahlikali bölib borayotganini barçamiz körib turibmiz. Bunday keskin şaroitda yurtimizda tinçlik, özaro hurmat va totuvlik muhitini saqlab, barça soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilib közlagan yuksak maqsadlarimizga yeta olamiz.
Albatta, öz tarixida ne-ne sinov va maşaqqatlardan munosib ötgan mard va olijanob xalqimiz bunga har tomonlama qodir.
Bu yölda el-yurtimizga mansub mehr-oqibat, özaro birlik va jipslik biz uçun beqiyos kuç-qudrat manbai bölib xizmat qiladi, deb işonaman.
Siz, azizlarni muqaddas Qurbon hayiti bilan yana bir bor çin dildan tabriklab, barçangizga tinçlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
Qutluğ ayyom barçamizga muborak bölsin!
Şavkat Mirziyoyev,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti