USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston xalqiga bayram tabrigi

197 марта
Özbekiston xalqiga bayram tabrigi 

Qadrli vatandoşlar!
Avvalo, siz, azizlarni, köpmillatli butun xalqimizni qutluğ ayyom – Xotira va qadrlaş kuni hamda Ikkinçi jahon uruşida qozonilgan buyuk Ğalabaning 80 yilligi bilan çin qalbimdan muborakbod etib, barçangizga özimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirişdan baxtiyorman.
Mana şu hayajonli, ayni paytda iztirobli damlarda insoniyatni faşizm balosidan xalos etişga munosib hissa qöşgan qahramon ajdodlarimizni yod etib, ularning yorqin xotirasi oldida tazim qilamiz.
Bugungi kunda Yangi Özbekistonni barpo etişda oltinga teng duolari, maslahatlari bilan faol iştirok etib kelayotgan muhtaram uruş va mehnat faxriylariga alohida qutlov va taşakkurlarimizni izhor etamiz.
Heç şubhasiz, tinç va farovon hayot posbonlari uluğlanadigan uşbu munavvar ayyomda mustaqillik yillarida Vatanimiz ozodligi, xalqimiz osoyiştaligini himoya qiliş yölida qahramonlarça halok bölgan jasur harbiylarimiz xotirasiga hurmat bajo keltiriş barçamiz uçun ham qarz, ham farzdir.
Aziz döstlar!
Başariyat tarixidagi eng dahşatli qirğin bölgan Ikkinçi jahon uruşi dunyo xalqlari, jumladan, el-yurtimiz boşiga solgan oğir musibatlar, mislsiz kulfat va yöqotişlar heç qaçon unutilmaydi.
Bu – zamon va makon çegarasini bilmaydigan çinakam mardlik va qahramonlik solnomasidir.
Bunday muazzam, şonli zafarga munosib hissa qöşgan matonatli xalqimiz bilan har qança faxrlansak, arziydi.  
Keyingi yillarda jonkuyar olim va mutaxassislarimizning ilmiy izlanişlari tufayli Ikkinçi jahon uruşi tarixining yangi sahifalari bilan tanişmoqdamiz.
Hujjatlarning dalolat berişiça, faşizmga qarşi qonli janglarda öşa paytda 6 million 800 ming nafarni taşkil etgan aholimizning qariyb 2 million nafari iştirok etgan. Şundan 540 mingga yaqini halok bölgan, 158 ming nafari bedarak yöqolgan, 50 mingdan ortiği kontslagerlarda mislsiz qiynoq va azoblar tufayli halok bölgan, 60 mingdan ziyodi nogiron bölib qaytgan.
Özbekistonlik askar va ofitserlardan 214 mingga yaqini jangovar orden va medallar bilan mukofotlangani, 301 nafari Sovet Ittifoqi Qahramoni degan yuksak unvonga, 70 nafardan ziyodi uçala darajadagi “Slava” ordeniga sazovor bölgani, heç şubhasiz, yurtimiz vakillari tomonidan uruş maydonlarida körsatilgan jasorat va matonatning yuksak amaliy etirofidir.
Mamlakatimiz uruş yillarida frontning mustahkam taminot bazasiga aylangani, respublikamizdan jang maydonlariga juda katta miqdorda harbiy texnika, qurol-yaroğ, dori-darmon, kiyim-keçak, oziq-ovqat va boşqa zarur mahsulotlar yetkazib berilgani öşa suronli davrning yana bir unutilmas sahifasini taşkil etadi.
Uruş olovi içida qolgan hududlardan yurtimizga 170 dan ortiq zavod va fabrika köçirib keltirildi, qisqa muddatda 280 ta yangi korxona bunyod etildi.
Xalqimiz ğoyat oğir va murakkab şaroitda uruş hududlaridan ölkamizga olib kelingan 1 million 500 mingga yaqin insonni, jumladan, ota-onasidan judo bölgan 250 ming nafar yetim bolani bağriga olib, ularga mehr-muruvvat körsatdi.
Tarix kitobiga muhrlangan bunday misollarni bugun yana bir bor esga olar ekanmiz, har qanday vaziyatda ham insoniy etiqodiga sodiq qolgan olijanob va bağrikeng xalqimizning buyuk gumanistik fazilatlariga tahsin va tasannolar aytamiz.
Qadrli vatandoşlar!
Sönggi yillarda qahramon ajdodlarimizning hayoti va faoliyati, mardlik va matonatini çuqur örganiş va tarğib etiş, yoş avlodni ularning şonli ananalari ruhida tarbiyalaş böyiça köp işlarni amalga oşirmoqdamiz.
Bu borada Toşkent şahrida bunyod etilgan Ğalaba boği, hududlardagi “Vatanparvar” boğlari muhim rol öynamoqda. Uşbu tabarruk maskanlar qisqa muddatda barça yurtdoşlarimiz va çet ellik mehmonlar uçun qutluğ ziyoratgohlarga aylandi.
Ana şunday ezgu işlarimizning davomi sifatida Ğalaba boği hududida ona yurt qalqonlari şarafiga barpo etilgan yana bir tarixiy yodgorlik – Millat fidoyilari majmuasi ham, heç şubhasiz, ğoyat muhim ahamiyatga ega.
Işonçim komil, yuzlab marhum bahodir harbiy xizmatçilar va huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlarining nomlari zarhal harflar bilan muhrlab qöyilgan uşbu muhtaşam badiiy obida el-yurtimiz çin dildan intiladigan va faxrlanadigan yana bir mötabar maskan bölib qoladi.
Hurmatli döstlar! 
Bugungi kunda “Inson qadri uçun, inson baxti uçun” degan ezgu ğoya hayotimizga tobora çuqur kirib bormoqda.
Bu yil Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va nogironlariga 10 ming AQŞ dollari miqdorida, uşbu toifaga tenglaştirilgan şaxslarga 25 million söm, mehnat fronti qatnaşçilariga 3 million sömdan bir martalik pul mukofotlari va “Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 80 yilligi” yubiley medallari topşirilgani muhtaram faxriylarimizga etibor va ğamxörlikning yana bir amaliy ifodasi böldi.
Uruş faxriylari va nogironlari uçun tibbiy va ijtimoiy xizmatlar, jumladan, patronaj xizmati körsatilmoqda. Ular öz xohişlariga köra sanatoriylarda davolanmoqda.
Uşbu quvonçli kunlarda xalqimiz mötabar keksalarimiz, uruş va mehnat faxriylarini ziyorat qilib, ularning duosini olmoqda.
Tegişli vazirlik, idora va taşkilotlar, harbiy qismlar rahbarlari iştirokida uruş va mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burçini bajariş çoğida halok bölgan harbiy xizmatçilar va huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining oila azolarining holidan xabar olinib, ularga zarur kömak va yordamlar körsatilmoqda.
Albatta, biz bugungi tinç, ozod va erkin hayot uçun özining aziz jonini ham ayamasdan kuraşgan bunday fidoyi insonlarning oldida doimo qarzdormiz. Ular bundan buyon ham davlatimiz va jamiyatimizning mehrini, etiborini his qilib yaşaydilar.
Aziz va muhtaram yurtdoşlar!
Hozirgi murakkab va tahlikali zamonda yoşlarimizni barkamol insonlar etib tarbiyalaş, diyorimizdagi tinçlik va barqarorlikni, millatlar va dinlararo ahillik va totuvlikni asraş yölida qahramon ota-bobolarimizning Ikkinçi jahon uruşi yillarida körsatgan sabot va matonati biz uçun hamişa ibrat maktabi, kuç va ilhom manbai bölib xizmat qiladi.
Uşbu unutilmas ayyomda siz, azizlarni, muhtaram faxriylarimizni, butun xalqimizni yana bir bor samimiy tabriklab, barçangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
Yurtimiz tinç, xalqimiz doimo omon bölsin!
 
Şavkat Mirziyoyev,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: