Hayitlik
27-05-2026, 11:55
189 марта

Hayitlik
Ufq uzra sizib çiqqan nimjon tong nurlari tun zulmatiga bas kelolmay, mahzun va tund qiyofada qotib qolgandi. Uy içidagi sukunat va zulmat esa Hoşimjonning yuragiga köçgan, butun borliğini çorasizlik va iztirob iskanjasiga solgandi.Bugun — arafa. Ertaga esa Muqaddas Hayit ayyomi…
Hoşimjon yolğiz öğli Sobirjonga bayram quvonçini tuhfa qilişni, heç bölmasa arzigulik bir hayitlik olib berişni niyat qilgandi. Ammo hayitlik uçun asrab qöyilgan bor-budi ayolining kutilmagan xastaligi sabab dori-darmonga sarf bölib ketdi. Umidsizlik uning yuragini kemirar, içidagi oğriqli xörsiniqlar tomoğiga tiqilardi.Mana uç kundirki, uning yagona tirikçilik manbai bölgan mardikor bozorida tayinli iş çiqmasdi. Osmon ham göyo odamlar dardiga şerik bölganday, tinimsiz yiğlar, sovuq yomğir yerni savalardi. Har tong hamqişloqlari bilan umid ilinjida bozorga çiqişar, ammo kun böyi yomğirda ivib-şallabo bölib, keçga yaqin quruq yölkiraga arang yetadigan çaqalar bilan mahzun qaytişardi.
Bu öylar Hoşimjonning köksiga toşdek botardi. Biroq u yaxşi bilardi: çorasizlikka taslim böliş — ota degan muqaddas nomga isnod.Şu payt qalbiga göyo bir nur sizib kirgandek böldi. Içida kimdir uni turişga, sinmaslikka undayotgandek edi. U oğir nafas olib, qaddini rostladi.
— Nima bölsa böldi… Tavakkal qildim. Yaratgan Egam, Özing yölimni oç… — deya piçirladi u.
Şu bir oğiz kalom uning qalbidagi qörquv va şubha tumanlarini tarqatib yubordi. Umidning sönggi uçqunini ham söndirmaslik uçun u ostona hatlab, sovuq va nam köçaga çiqdi. Köngliga tukkani bitta edi: u bugun uyiga quruq qöl bilan qaytmaydi. Nima bölganda ham farzandi uçun hayitlik olib keladi.
Mardikor bozori bugun ham fayzsiz edi. Kun nogahon aynib, odamlar siyraklaşib qolgan, osmon bağrini yorgan çaqmoqlar ortidan yomğir yanada avj bilan quyilardi. Sovuq yomğir tomçilari Hoşimjonning yuz-közini yuvib, kiyimlarini şalabbo qilgan bölsa-da, u joyidan qimirlamasdi. Çunki uning qalbida bitta ilinj bor edi — bugun öğli oldiga quruq qöl bilan qaytmaslik.
Nihoyat, yomğir pardasini yorib, uzoqdan haşamatli qimmatbaho maşina körindi. Maşina yöl çetida siltanib töxtaşi bilan bozordagi sanoqli mardikorlar birdan jonlanib ketişdi. Hamma xuddi sönggi umid qayiğiga yopişgandek maşina tomon otildi.
Hoşimjon esa bir çetda turardi. Ğururi yöl qöymadimi, andişa qildimi — har qalay, u özini boşqalardek arzonga solgisi kelmasdi. Ammo köp ötmay ğalati holat yuz berdi. Maşina atrofini örab olgan yigitlar birin-ketin orqaga çekina boşlaşdi. Ularning yuzida hazar va hafsalasizlik aralaş ifoda bor edi.
«Iş juda oğirmikan?.. Yo haqi arzimasmikan?..» degan öy ötdi Hoşimjonning xayolidan. U ikkilanişini yengib, sekin maşinaga yaqinlaşdi.
— Assalomu alaykum, aka, — dedi u ovoziga qatiyat berişga urinib. — Men işga tayyorman. Qanday yumuş bölsa ham qilaman.
Maşina içida ötirgan kişi ziyoli, ammo ayni paytda öta noqulay ahvolga tuşgan odamga öxşardi. U Hoşimjonga xijolat bilan qarab, past ovozda dedi:
— Işning özi mayli-ya, ukam… Lekin aytişga tilim bormayapti… Hojatxonaning çuquriga qimmatbaho telefonim tuşib ketdi. Menga telefonning özi emas, içidagi juda muhim hujjatlar kerak. Şuni olib beradigan odam qidiryapman. Şuning uçun haligi yigitlar hazar qilib ketişdi. Siz aniq tuşa olasizmi?..
Bu savol Hoşimjonning qalbiga xanjardek botdi. Bir tarafda — yillar davomida asrab kelgan oriyati, ğururi, nafsoniyati… Ikkinçi tarafda esa ertaga: — Dada, menga hayitlik olib keldingizmi?.. — deb umid bilan köziga tikiladigan Sobirjoni… Uy törida kasallik bilan olişib yotgan ayoli… Qozoni sovub qolgan xonadoni…
Ertaga hammaning uyidan hayit hidi taralganda, uning uyi huvillab turişi…Insoniy ğurur va otalik burçi uning qalbini ayovsiz tilka-pora qilardi. Köz oldiga öğlining mahzun nigohlari kelişi bilan u içidagi barça kibrni böğib taşladi.
Farzandining birgina tabassumi uçun inson hatto öz oriyatini ham qurbon qila olarkan…
Hoşimjonning közlaridan oqqan yoş yomğir tomçilariga qorişib ketdi. U oğir tin oldi. Söng boşini tik kötardi.
— Men roziman, aka. Ketdik, — dedi qatiy ovozda. — Faqat işga kirişişdan oldin bazi kerakli anjomlarni olişimiz kerak…
Maşina sohibi Hoşimjonning toğdek bardoşiga, sinmas irodasi va otalik muhabbatiga iç-içidan tahsin aytdi.Köp ötmay, ular muhtaşam bir hovli qarşisida töxtaşdi. Taqdir yöllari tutaşgan ana şu lahzada haligi kişi kutilmaganda Hoşimjonga ögirildi. Uning nigohlarida yoş, ovozida esa titroq bor edi.
— Meni keçiring, birodar… Aslida telefon ham, uning yöqolişi ham şunçaki bahona edi. Heç qanday telefon tuşmagan…
Hoşimjon nima gapligini anglolmay, hayrat va şubha bilan unga tikilib qoldi.
Saxovatpeşa inson esa sözida davom etdi:
— Men uşbu muborak kunda, Muqaddas Hayit arafasida Yaratganning rizoligi uçun ehson qilmoqçi edim. Ammo bu kömakni şunçaki tilançilik qilib yurganlarga emas, balki oilasi uçun har qanday maşaqqatni böyniga oladigan, halol mehnatdan qoçmaydigan, haqiqiy muxtoj insonga ilinmoqçi edim…
U bir nafas töxtab, hayajon bilan,
— Bilasizmi, bugun saharda ajib bir tuş kördim. Tuşimda göyo samoviy bir sado: “Bugun arafa… Muqaddas kun… Ğaflatda qolma. Ehson qil. Ammo uning qadrini biladigan, munosib bandaga ber…” — deb nido qildi.
Uning ovozi titrab ketdi.
— Bozordagilarni kuzatdim. Hamma yengil iş izladi. Şartni eşitgaç, hazar qildi. Ammo siz… Siz oilangiz uçun özingizni olovga ham, suvga ham taşlaşga tayyor ekansiz. Siz bu sinovdan ötdingiz, birodar. Bugungi hayitlikka ham, ehsonga ham aynan siz munosibsiz…
Hayitlik esa juda katta edi. Bir velosiped va rözğorga ança vaqtgaça yetadigan mablağ…
Bu sözlar Hoşimjonning quloğiga göyo osmondan tuşgan mujdaday eşitildi. U şu onda buyuk bir haqiqatni angladi: sahar payti uni töşakdan turişga undagan öşa sirli kuç, qalbiga umid solgan öşa ilkis dalda behuda emas ekan. Qalblarni Sörovçi Zot Anvar akaning tuşiga kirgan ilohiy nido bilan Hoşimjonning yuragidagi unsiz duolarni bir-biriga boğlab, ularni mana şu sovuq şahar köçasida röbarö qilgan ekan.
Bu pullar insonning insonga bergan sadaqasi emas, balki sabr, tavakkal va halollik evaziga yuborilgan Muqaddas Hayit tuhfasi edi…
Hoşimjon köz yoşlarini töxtata olmas, titroq lablari bilan qayta-qayta:
— Xudoyim… Özingga şukr… Bandangni unutmaganing uçun şukr… — deya piçirlardi.
Taşqarida esa hali-hamon yomğir yoğardi. Ammo Hoşimjonning qalbida allaqaçon Quyoş çiqib bölgan edi.