USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda nazorat-kassa tizimiga yangi özgartişlar kiritilmoqda

451 марта

Özbekistonda nazorat-kassa tizimiga yangi özgartişlar kiritilmoqda

Özbekistonda elektron çeklar, retseptli dori vositalari savdosi va raqamli markirovka böyiça qator özgartişlar kiritilmoqda. Bu haqda joriy yilning 25 may kuni “Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida” qaror loyihasi elon qilindi.

Unga köra, retsept bilan beriladigan dori vositalari realizatsiya qilinganda elektron retseptning raqamini kassa çekida majburiy tartibda aks ettirilişini belgilaş rejalaştirilmoqda.


Şu bilan birga, yirik soliq tölovçilar toifasiga kiritilgan yuridik şaxslarga qöşilgan qiymat soliğining salbiy farq summasini tezlaştirilgan tarzda qoplaş tartibini faqatgina Prezident qarori bilan tasdiqlangan röyxatda belgilangan yirik soliq tölovçilarga nisbatan tatbiq etiş közda tutilmoqda.

Şuningdek, qalbaki raqamli markirovkalangan va kontrafakt mahsulotlarni import qiluvçi, işlab çiqaruvçi hamda realizatsiya qiluvçi subektlarga nisbatan jinoiy javobgarlikka tortiş qoidalarini belgilaşni nazarda tutuvçi normani bekor qiliş taklif etilmoqda.

Qayd etilişiça, mazkur çoralar iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartiriş, savdo va xizmat körsatiş sohasidagi hisob-kitoblarni amalga oşirişda zamonaviy axborot yeçimlarini joriy etiş hamda nazorat-kassa maşinalari va virtual kassa tizimi qöllanilişini yanada takomillaştiriş maqsadida amalga oşirilmoqda.

Uşbu qaror loyihasi muhokamasi joriy yilning 6 iyuniga qadar davom etadi.

Изоҳ қолдириш

    • Рахимбой 28 May 2026 22:44
      Кичик аптека эгалари ва ишчи ходимлари тақдири нима бўлади? Бу боришда ишсизлар сони ошиб кетиши мумкинку ахир?
    • Bekzod 28 May 2026 22:54
      Dori vositalari va tibbiy texnikalarni chakana savdisi bilan shugullanuvchi tadbirkorlarbi shu axmoqona elektron xisob kitoblar bilan shugullanishdan boshqa qiladigan ishi yuqmi. Dorixona xodimlari dori sitsinmi chek irsinmi markirofkani ursinmi. Xurmatli xurmatsizlar dorixonalar bu supermarket emas . Dorixonaga odamlar shifo istab yoki ogir xolatda keladi. Kelgan mijozlar doim shoshgan xolatda keladi. Supermarket yokida bozozrga chiqib bemalol tanlab maxsulat sotib olishga kemaydi. Vaqt tigizligini xam inobatga olilar
    • Мухиддин 28 May 2026 23:21
      Бу айтилган гаплар аптекачиларни банкрот килади, бу карорларни чикарнанлар худди шу шароитда узлари аптека очиб ишлаб куришса кейин билишади, конун чикариш осон, сохта акллилар купайди, шуларни оркасидан тадбиркорлар жабр куряпти, соха ривожланиши урнига аксинча тадбиркорлар банкротга учраяпти, аптекачи кадрсизлантириляпти, маркировка умуман керакмас ортикча дахмаза брлди, бух отчет, ишлаш жараени, приход расход жудаям мураккаб, илтимос шуни уйлаб топганлар узларин шу талаблар асносида ишлаб курилар, кейин биласизлар, агар шу аснода давом этса, барча дорихоналар синади ва ëпилади, давлатга солик тушумлари сезиларли пасаяди, ва энг асосийси шу мансабдорлар каргишга учреди
    • Gulnoza 29 May 2026 12:58
      1ta dorini realizatsiya qilish uchun shuncha mash-masha kerakmi? Sifatli, malakali xizmat korsatish uchun shuncha yuklama koplik qilmaydimi? Davo istab kelgan odam har xil sharoitda keladi. Maqsad nima ozi? Sifatli xizmat korsatish uchun bolsa, bu xizmat sifatini oshirmaydi. Aksincha noqulaylik tug"diradi. Tadbirkorni o"ylab qilinsa bu bilan tadbirkor kasodga uchraydi. Yaratilgan ish o"rinlari qisqarib ishsizlar soni ortadi,odamlar qashshoqlashadi. Prezidentimiz takidlaganidek tadbirkor davlat tayanchi, soliqlarni vaqtida to"lab, davlatimiz ravnaqiga o"z xissasini qo"shadi. Tadbirkorga imkon bering rivojlansin,ish orinlarini kopaytirsin, davlatimiz rivojiga oz xissasini qo'shsin. Bu loyiha tadbirkorlarga ma"qul emas.
    • Гулноза 29 May 2026 18:25
      Тадбиркор юрт таянчи буни президентимиз таъкидлаб утган. Солик,ларни вак,тида тулаб юрт равнак,ига хисса к,ушади, одамларни иш билан таъминлайди. Бу электрон тизим тадбиркорларни к,иск,аришига олиб келадику. Тадбиркор нафак,ат узи ишсиз к,олади, ишчиларни оиласи хам жабрини тортади. Электрон тизим на ахолига ва на тадбиркорга к,улай.

Мавзуга алоқадор: