USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Endi soliq böyiça nazorat tadbirlari videotasvirga olinadi

62 марта

Endi soliq böyiça nazorat tadbirlari videotasvirga olinadi

Endi Özbekistonda soliq organi tomonidan ötkaziladigan nazorat tadbirlari videotasvirga olinadi. Bu haqda bugun, 9 aprel kuni tasdiqlangan “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq tölovçilar faoliyatida amalga oşiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga oliş tartibi töğrisida”gi nizomda keltirilgan.

Vazirlar Mahkamasining bugun, 9 aprel kuni qabul qilingan qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritilgan, şuningdek, endi bazilari öz kuçini yöqotgan deb hisoblanadi.
 
Xususan, hukumatning 2021 yil 7 yanvardagi 1-son qaroriga kiritilgan qöşimçalarga köra, “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq tölovçilar faoliyatida amalga oşiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga oliş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlangan.
Nizomga köra, nazorat tadbirlari soliq organi rahbari yoki rahbar örinbosarining soliq tekşiruvini ötkaziş töğrisidagi buyruği asosida videotasvirga olinadi.
Soliq organi tomonidan ötkaziladigan nazorat tadbirlarida quyidagilar videotasvirga olinadi: 
  • soliq soliş obektlarini hisobga oliş; 
  • xronometrajni közdan keçiriş; 
  • soliq tölovçi işçi va xodimlarining haqiqiy soni hamda soliq hisobotidagi aks ettirilgan işçi va xodimlar soniga muvofiqligini tekşiriş; 
  • nazorat kassa texnikasi va hisob-kitob terminallarini qöllaş; 
  • savdo va xizmat körsatiş qoidalariga rioya etilişi va boşqalar.
Nazorat tadbiri soliq tölovçilarning qonuniy faoliyatini töxtatib qöymaydigan va faoliyat körsatişiga ziyon yetkazmaydigan tarzda videotasvirga olinadi.
Nazorat tadbiri natijasi böyiça tuzilgan dalolatnomada tadbir jarayonini videotasvirga oliş moslamasi (qurilmaning rusumi va seriya raqami), videotasvirga olingan holatlar töğrisidagi malumotlar aks ettiriladi.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: