Ukraina YeIning 20-sanktsiya paketiga qöşildi, röyxatda Özbekiston ham bor
31-05-2026, 09:38
71 марта
Ukraina YeIning 20-sanktsiya paketiga qöşildi, röyxatda Özbekiston ham borUkraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ikki farmonni imzolab, mamlakatning Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi tomonidan qabul qilingan qarorni kuçga kiritdi. Unga köra, Ukraina Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarşi joriy etgan 20-sanktsiya paketiga rasman qöşildi.
Rasmiy malumotlarga köra, sanktsiyalar jami 120 nafar şaxs va taşkilotni qamrab olgan bölib, ular asosan Rossiya iqtisodiyotining strategik tarmoqlari va harbiy-sanoat majmuasi bilan boğliq subektlar hisoblanadi.
Sanktsiyalar Özbekiston va Markaziy Osiyo kompaniyalariga ham taalluqli.
Yangi çeklovlar doirasida Rossiya, Belarus, BAA, Qirğiziston, Qozoğiston va Özbekiston bilan boğliq bir qator şaxslar hamda kompaniyalar ham sanktsiyalar röyxatiga kiritilgan.
Malum qilinişiça, röyxatga jami 16 nafar fuqaro va 31 ta kompaniya kiritilgan bölib, ular orasida Rossiyaning vaqtinça bosib olgan hududlarida faoliyat yuritayotgan subektlar ham mavjud.
Şuningdek, Eronning 19 nafar fuqarosi va 11 ta kompaniyasi ham sanktsiyalar ostiga tuşgan.
Yangi paketdan Rossiyaning harbiy-sanoat majmuasi, radioelektron kuraş tizimlari, dronlar uçun dasturiy taminot va ehtiyot qismlar işlab çiqaruvçilari, şuningdek neft, gaz va oltin qazib oliş sohalari örin olgan.
Sanktsiyalar qöllangan kompaniyalar qatorida dron va aerokosmik mahsulotlar işlab çiqaruvçi “Atlant Aero”, şuningdek aloqa tizimlari hamda uçuvçisiz qurilmalar uçun komponentlar tayyorlovçi “IRZ-Svyaz” korxonalari ham bor.
Bundan taşqari, BAAda röyxatdan ötgan ayrim kompaniyalarga nisbatan ham çeklovlar joriy etilgan. Ular asosan sanoat uskunalari, laboratoriya jihozlari, kimyoviy mahsulotlar va fuqarolik aviatsiyasi uçun ehtiyot qismlar yetkazib beriş bilan şuğullangan.
Eronning dron va raketa dasturlari ham sanktsiyalar ostida qolgan. Röyxatga Eronning ballistik raketa va dronlar işlab çiqariş dasturlari bilan boğliq 19 nafar şaxs va 11 ta kompaniya ham kiritilgan.
Şu bilan birga, rossiyalik prokuror Lyudmila Balandina, sudya Dmitriy Gordeyev va tarğibotçi Mariya Sittelga nisbatan ham sanktsiyalar qöllandi. Ukraina tomoni ularni ukrainaliklarga qarşi repressiyalar va dezinformatsiya tarqatişda ayblamoqda.
Ukraina prezidentining sanktsiyalar siyosati böyiça vakili Vladislav Vlasyukning malum qilişiça, Kiyev Yevropa Ittifoqi va boşqa hamkor davlatlar bilan sanktsiyalarni muvofiqlaştiriş siyosatini davom ettirmoqda.
Uning sözlariga köra, Rossiya va uni qöllab-quvvatlayotgan subektlarga nisbatan bosimni kuçaytiriş maqsadida, YeIning 21-sanktsiya paketi ustida ham iş olib borilmoqda.