USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kreativ industriyani şakllantiriş real qöllab-quvvatlaşni talab etadi – Saida Mirziyoyeva

66 марта

Kreativ industriyani şakllantiriş real qöllab-quvvatlaşni talab etadi – Saida Mirziyoyeva

Bugun, 2 iyun kuni Özbekiston Prezidenti “Madaniyat, sanat va adabiyot sohalarini yanada rivojlantiriş böyiça keng kölamli çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonni imzoladi. Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva uşbu farmon tarixiy ekanini aytib, kreativ industriyani şakllantiriş real qöllab-quvvatlaşni talab etişini qayd etdi. Bu haqda u özining Telegram-kanalida yozdi.
“Madaniyat rivoji uçun nafaqat ilhom, balki ijodiy ğoyalarni röyobga çiqariş imkonini beruvçi şart-şaroitlar ham juda muhim. Kreativ industriyani şakllantiriş esa real qöllab-quvvatlaşni talab etadi. Bugun Prezidentimiz tomonidan ana şunday kömakni taqdim etuvçi tarixiy farmon imzolandi”, deydi Saida Mirziyoyeva.
Farmonga köra, “Ijodga investitsiya” davlat maqsadli jamğarmasi tasis etilmoqda. Istiqbolli ijodiy loyihalarni moliyalaştiriş uçun uşbu jamğarmaga har yili 200 milliard söm mablağ yönaltiriladi.

Şuningdek, endilikda kontsert taşkilotçiligi bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar, film va serial tasvirga oluvçi kinokompaniyalar, bolalar uçun kontent işlab çiqaruvçilar, xususiy teatr va studiyalar, madaniyat sohasidagi xususiy talim muassasalari qöşilgan qiymat, foyda, aylanma, yer, mulk soliqlari hamda xodimlarning iş haqidan olinadigan jismoniy şaxslarning daromad soliğidan ozod etiladi.

Xorijiy kino kompaniyalari uçun ham qulay şaroitlar yaratiladi: ularning Özbekiston hududida kino mahsulotlarini işlab çiqarişdan olgan daromadlari norezidentlarning daromadi sifatida soliq bazasiga kiritilmaydi.

Nufuzli xalqaro va respublika tanlovlari ğoliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: gran-pri va birinçi örin uçun tegişli ravişda 300 va 100 million söm, ikkinçi örin uçun 200 va 50 million söm, uçinçi örin uçun esa 100 va 25 million söm beriladi.

Pedagoglar ham qöllab-quvvatlanadi: ğoliblarni tayyorlagan öqituvçi va kontsertmeysterlarga yil davomida oylik maoşining 100 foizigaça miqdorda ustama tölanadi.

Bundan taşqari, har yili madaniyat, sanat va ijod sohalari vakillari orasidan uy-joyga muhtoj bölgan ming nafar xodimga ipoteka krediti dastlabki tölovining 50 foizi qoplab beriladi.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: