Qizilqum çölida katta köl paydo böldi
2-06-2026, 23:26
859 марта

Qizilqum çölida katta köl paydo böldi
Buxoro viloyatining Peşku tumanidagi Gazli şaharçasi şimolida oxirgi yarim yil davomida kuzatilgan meyordan uç baravar köp yoğingarçilik natijasida katta suv havzasi şakllandi. Bu haqda Ekologik partiya xabar berdi.Qayd etilişiça, uşbu suv havzasi ilgari suvsiz bölgan “Şörbuloq” hududida paydo bölgan. Hozirgi kunda uning umumiy maydoni taxminan 80 kvadrat kilometrni taşkil etmoqda. Bu körsatkiç Buxoro şahri va Çorvoq suv ombori hajmi bilan qiyoslanganda sezilarli darajada kattaligi bilan ajralib turadi.
Mutaxassisning malum qilişiça, hududdagi suvning töplanişiga tabiiy yoğingarçilikdan taşqari Suv xöjaligi vazirligi tomonidan amalga oşirilgan tadbirlar ham tasir körsatgan. Xususan, baliqçilik sohasini rivojlantiriş maqsadida kiçik kanallar qazilib, atrof hududlardagi sizot suvlari uşbu kölga yönaltirilgan. Suv oqimi esa umumiy hisobda 126 kilometrlik kollektor kanali orqali kelib tuşmoqda.


Malumot uçun, Özbekiston hududida umumiy hisobda 500 dan ortiq köl mavjud. Biroq ularning katta qismi mayda, mavsumiy (bahorda tölib, yozda quriydigan) yoki toğli hududlarda joylaşgan kiçik köllardir. Mamlakatdagi köllarning aksariyati suniy ravişda (suv omborlari va taşlama köllar sifatida) hosil bölgan. Hozirgi kunda Özbekiston içki hududidagi eng yirik suv havzasi Aydar-Arnasoy köllar tizimi hisoblanadi. U Jizzax va Navoiy viloyatlari mahalliy çöl hududlarida joylaşgan bölib, uçta şör kölni (Aydarköl, Arnasoy va Tuzkon) öz içiga oladi. Umumiy maydoni taxminan 3500-4000 kilometr kvadrat atrofida.