AQŞda köça poygasida qatnaşgan özbekistonlik “şovvozlar” uşlandi
3-06-2026, 16:42
160 марта

AQŞda köça poygasida qatnaşgan özbekistonlik “şovvozlar” uşlandi
AQŞning Ohayo ştati Tsintsinnati şahrida noqonuniy köça poygalari va avtomobil şoulari bilan boğliq reyd davomida 6 nafar özbekistonlik qölga olindi. Bu haqda şaharning mahalliy WCPO naşri xabar berdi.Mahalliy OAV xabariga köra, voqea bugun, 3 iyun kuni yarim tunda “Peykor” stadioni hududida sodir bölgan. Stadion xavfsizlik xizmati avtomobillar poygasi va xavfli manyovrlar amalga oşirilayotgani haqida politsiyaga murojaat qilgan. Hodisa joyiga yetib borgan huquq-tartibot organlari olti kişini hibsga olgan. Sud hujjatlarida ularning barçasi özbekistonliklar ekani qayd etilgan.
Jumladan, 28 yoşli Temur Nurmatov noqonuniy drag-poyga taşkil etiş va xususiy hududga noqonuniy kirişda ayblanmoqda. Malumotlarga köra, u kulrang Ford Mustang avtomobilida köça poygasi uyuştirgan hamda avtomobil ğildiraklarini aylantirib, asfalt yuzasida izlar qoldirgan. Tsintsinnati politsiyasining dron bölinmasi Nurmatovni stadion hududida qariyb 30 daqiqa davomida kuzatgan.
Sud hujjatlarida yana beş kişi – 19 yoşli Madina Esenova, 23 yoşli Bekdillo Hamidullayev, 21 yoşli Dilmurod Nurmatov, 28 yoşli Ahmadjon Valiyev va 23 yoşli Mumtozaxon Zaburova ham stadion hududiga noqonuniy kirganlikda ayblanayotgani qayd etilgan.
Malum qilinişiça, politsiya voqea joyidan beşta avtomobilni jarima maydonçasiga olib ketgan. Stadion darvozasi yaqinida avtomobillar tomonidan bajarilgan xavfli aylana harakatlar izlari ham aniqlangan.
Mazkur hodisa Tsintsinnati şahar kengaşida ham muhokamalarga sabab bölgan. Hibsdan bir neça soat ötib şaharning Jamoat xavfsizligi va hayot sifati qömitasi noqonuniy köça poygalariga qarşi favqulodda qaror loyihasini bir ovozdan maqullagan.
Taklif qilinayotgan yangi qoidalarga köra, noqonuniy poygalarda qatnaşgan şaxslar birinçi marta qoida buzgan taqdirda 1 250 dollar, takroriy holatda esa 2 500 dollar jarimaga tortiladi. Şuningdek, bunday tadbirlarda qatnaşgan avtomobillar 6 oygaça musodara qilinişi mumkin. Şahar kengaşi azolari köça poygalari jamoat xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgani, şuningdek politsiya resurslariga katta yuk bölayotganini takidlagan. Favqulodda qaror loyihasi endi Tsintsinnati şahar kengaşining töliq tarkibi tomonidan körib çiqiladi. Agar hujjat qabul qilinsa, u darhol kuçga kiradi.