Rasman! Özbekiston Gonkong bilan vizasiz tartibni joriy etadi
4-06-2026, 16:40
68 марта

Rasman! Özbekiston Gonkong bilan vizasiz tartibni joriy etadi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun, 4 iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasi Gonkong maxsus mamuriy hududi Administratsiyasi rahbari Jon Li Ka-çiu boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Muloqot avvalida Li Ka-çiu Özbekiston rahbariga Xitoy Raisi Si Tszinpinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.
Uçraşuvda Özbekiston – Xitoy hamkorligini, şu jumladan, Gonkong bilan hududlararo almaşinuvlar va amaliy hamkorlikni kengaytiriş orqali yanada rivojlantiriş masalalari körib çiqilgan.
Suhbat çoğida sönggi yillarda Özbekiston bilan Xitoy örtasidagi döstlik va yangi davrdagi har tomonlama strategik şeriklik munosabatlari misli körilmagan darajaga kötarilgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Oliy darajada erişilgan kelişuvlar izçil amalga oşirilmoqda. May oyida Pekin şahrida Hukumatlararo komissiya yiğilişi va Sian şahrida uçinçi Hududlararo forum muvaffaqiyatli ötkazildi, Gonkongda iqtisodiy forum va sanoat körgazmasi bölib ötdi, Özbekiston savdo uyi oçilgan.
Özbekiston hududlarining Gonkong bilan iqtisodiy hamkorligini rivojlantiriş uçun mavjud salohiyatdan samarali foydalaniş muhimligiga alohida etibor qaratilgan. Toşkent şahriga Gonkong işbilarmon doiralari vakillaridan iborat katta delegatsiya taşrif buyurgani uşbu yönalişdagi şeriklikni yanada rivojlantirişga xizmat qilişiga işonç bildirilgan.
“Yaşil” energetika, qişloq xöjaligi, biotexnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, fintex, innovatsion startaplar, suniy intellekt va boşqalar ustuvor sohalar sifatida qayd etilgan.
Hamkorlikning ustuvor yönalişlari böyiça qöşma “yöl xaritasi”ni qabul qiliş, şuningdek, işbilarmonlar kengaşini taşkil etiş hamda yaqin fursatda Gonkong bilan ikki tomonlama asosda vizasiz tartibni joriy etiş yuzasidan kelişuvga erişilgan.