Qurilişga ruxsat oliş xarajati 2 barobargaça kamaytiriladi
5-06-2026, 13:41
122 марта

Qurilişga ruxsat oliş xarajati 2 barobargaça kamaytiriladi
Endi qurilişga ruxsat olişda tadbirkorlarning xarajatlari 2 barobargaça qisqartiriladi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyevning joriy yil 4 iyunda imzolagan “Quriliş sohasida natijaga asoslangan boşqaruvni joriy etiş hamda sohada davlat xizmatlarini soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonida söz boradi.Farmonga köra, 2026 yil 1 sentyabrdan respublikaning barça hududlarida mazkur farmonda nazarda tutilgan davlat xizmatlari birlaştirilib, yagona davlat xizmati – arxitektura va şaharsozlik talabini beriş tizimi joriy etiladi. Şu bilan birga, 2026 yil 1 iyuldan obektlarni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulaş “1 ta ariza – 1 tölov – barça ulaniş nuqtalari” tamoyili asosida kompozit şaklda amalga oşiriladi.
Binoning konstruktsiyasi, mustahkamligi va yonğin xavfsizligiga tasir qilmaydigan, quvvati va maqsadi özgarmagan holda şaharsozlik normalariga zid bölmagan loyihadagi rejaviy tuziliş (planirovka)da özgarişlar mavjud bölganda, uşbu bino loyihasini şaharsozlik ekspertizasidan ötkazişda loyiha hujjatlarini hududiy kengaşlar bilan qayta kelişiş amaliyoti bekor qilinadi. Quriliş sohasida davlat xizmatlarini körsatiş jarayonida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş uçun esa qöşimça 5 iş kuni beriladi.
Bu qoida quruvçilar va tadbirkorlar uçun iş yuritişni osonlaştiriş va ortiqça qoğozbozlik (byurokratiya)ni yöqotişga qaratilgan juda muhim yengillikdir. Ilgari bino qurilişi yoki rekonstruktsiyasi loyihasiga kiçik bir özgartiriş (masalan, xonalarning joylaşuvini özgartiriş) kiritilsa ham, hujjatlarni qaytadan mahalliy (hududiy) kengaşlar va taşkilotlar bilan kelişiş talab etilar edi. Bu esa juda köp vaqt va ortiqça ovoragarçilikka sabab bölgan.
Yana farmonda qayd etilişiça, 2026 yil 1 sentyabrdan quriliş obektlarini nazorat qilişda videokuzatuv kameralaridan foydalaniş hamda qurilişi yangidan boşlanadigan quyidagi obektlarda videokuzatuv kameralarini majburiy örnatiş çoralari köriladi:
- tadbirkorlar tomonidan quriladigan köp kvartirali uy-joylar, III va IV toifadagi ijtimoiy soha, mehmonxona, turizm, savdo va sanoat obektlarida;
- byudjet hisobidan quriladigan qiymati 3 mlrd sömdan yuqori bölgan obektlarda.