Özbekiston klublari Jahon çempionatidagi futbolçilari uçun qança işlab oladi?
5-06-2026, 13:47
394 марта

Özbekiston klublari Jahon çempionatidagi futbolçilari uçun qança işlab oladi?
Malumki, FIFA "Club Benefits Programme" (Klublarga foyda keltiriş dasturi) qoidalariga köra, futbolçisi mundialda qatnaşadigan klublarga har bir kun uçun 11 ming AQŞ dollari miqdorida pul beradi. Tölovlar nafaqat guruh bosqiçidagi öyin kunlari, balki turnir boşlanişidan 10 kun oldingi tayyorgarlik davrini ham öz içiga oladi. Guruh bosqiçi yakunlangunga qadar (11 iyundan 27 iyungaça) jamoalar jami 27 kun davomida turnirda (va unga tayyorgarlikda) rasman qatnaşgan hisoblanadi.
Demak, terma jamoaga çaqirilgan har bir futbolçi öz klub(lar)iga guruh bosqiçining özi uçun töğridan-töğri 297,000 ($11,000 x 27) işlab beradi.
Özbekiston klublari mundialda qatnaşadigan futbolçilari uçun guruh bosqiçining özida quyidagiça mablağ işlab olişadi:
| Klublar | Futbolçilar soni | Kafolatlangan daromad ($) | Futbolçilar röyxati |
|---|---|---|---|
| "Paxtakor"(Toşkent) | 5 nafar | 1,485,000 | H. Alijonov, Ş.Nasrullayev, A.Mozgovoy, D.Hamdamov,Zayd Tahsin (Iroq) |
| "Neftçi" (Farğona) | 3 nafar | 891,000 | B.Ergaşev, F.Sayfiyev, J.Iskanderov |
| "Nasaf" (Qarşi) | 2 nafar | 594,000 | A.Nematov, U.Eşmurodov |
| "Dinamo" (Samarqand) | 2 nafar | 594,000 | J. Örozov, A. Amonov |
| "Navbahor"(Namangan) | 1 nafar | 297,000 | Ö.Yusupov |
| OKMK(Olmaliq) | 1 nafar | 297,000 | A.Ölmasaliyev |
| "Surxon" (Termiz) | 1 nafar | 297,000 | B.Karimov |
| "Buxoro" (Buxoro) | 1 nafar | 297,000 | Ş.Esanov |
Yuqoridagi jadvaldagi mablağ yakuniy miqdor emas. Bir muhim jihatga etibor qaratiş kerak: Bu pullar yakunda töliqligiça futbolçining hozirgi klubiga ötib ketmaydi. FIFA qoidasiga köra, jami summa futbolçining oxirgi 2 yil davomida öynagan klublari örtasida (ötkazgan vaqtiga mutanosib ravişda) foiz hisobida bölib beriladi.
Aytaylik, futbolçi 2024-yildan 2026-yilgi qişki transfer oynasigaça "A" klubida öynagan, keyin esa "B" klubiga ötgan. Bu holda, Jahon çempionatida iştirok etiş uçun kompensatsiya quyidagiça taqsimlanadi: 75 foiz yangi "B" klubiga, qolgan 25 foizi esa sobiq "A" klubiga ötadi.
Milliy terma jamoamiz pley-off bosqiçiga yöl olib, mundialda qança uzoqroq muddatga qolgani sari uşbu klublarning daromadi kuniga 11,000 dollardan köpayib boraveradi.
Mudialda terma jamoamizga omad tilab qolamiz!