Germaniyada özbekistonliklar uçun Şengen vizalarini noqonuniy olib berganlikda gumon qilinayotgan guruh foş etildi
6-06-2026, 17:14
72 марта

Germaniyada özbekistonliklar uçun Şengen vizalarini noqonuniy olib berganlikda gumon qilinayotgan guruh foş etildi
Germaniya prokuraturasining malum qilişiça, tergov doirasida çet elliklarni noqonuniy olib kiriş, mamlakatda noqonuniy yaşaşni taşkil etiş, viza olişda firibgarlik va hujjatlarni qalbakilaştiriş holatlari örganilmoqda.
Mazkur iş böyiça Germaniyaning Hessen va Quyi Saksoniya federal yerlaridagi yettita manzilda tintuv ötkazilgan. Operatsiyaga 220 nafarga yaqin federal politsiya xodimi jalb qilingan.
“Tergovçilar etiborida asosan Özbekiston fuqarolaridan iborat bölgan, xalqaro miqyosda faoliyat yuritgan guruh turibdi. Tintuvlar davomida 12 nafar gumonlanuvçi aniqlangan. Şuningdek, Germaniyada noqonuniy yaşayotgan yana 9 nafar şaxs ham tekşiruvga olingan”, deyiladi xabarda.Dastlabki malumotlarga köra, gumonlanuvçilar iş izlab Yevropaga ketmoqçi bölgan Özbekiston fuqarolari uçun qisqa muddatli Şengen vizalarini rasmiylaştirib bergan. Buning uçun ular davlat idoralariga yolğon malumotlar taqdim etgan va soxta hujjatlardan foydalangan.
Tergov materiallarida qayd etilişiça, Germaniyaga kirib kelgan şaxslarga keyinçalik qalbaki Yevropa Ittifoqi hujjatlari ham berilgan. Uşbu hujjatlar yordamida bank hisobvaraqlari oçilgan, mobil telefon raqamlari faollaştirilgan, şuningdek, turli davlat idoralari va suğurta tizimlarida röyxatdan ötiş işlari amalga oşirilgan.
Huquq-tartibot organlari malumotiga köra, guruh kamida 76 nafar Özbekiston fuqarosi uçun viza rasmiylaştirgan bölişi mumkin. Bir dona viza uçun 2 ming yevro, aviaçipta uçun yana 2 ming yevro, qalbaki haydovçilik guvohnomasi uçun esa 400 yevro talab qilingan.
Tintuvlar davomida turli Yevropa davlatlariga tegişli deb taxmin qilinayotgan soxta şaxsni tasdiqlovçi hujjatlar, haydovçilik guvohnomalari, 20 dan ortiq mobil telefon va ikkita noutbuk musodara qilingan. Şuningdek, bank, suğurta va röyxatdan ötişga oid hujjatlar ham olib qöyilgan.
Malum qilinişiça, tergov 2025 yil oktyabr oyida Pragadan Amsterdamga yöl olgan xalqaro avtobusda Özbekiston fuqarosining tekşirilişi ortidan boşlangan. Uning yuklari orasidan bir neçta soxta Latviya şaxsiy guvohnomalari va qalbaki Polşa haydovçilik guvohnomasi topilgan. Şundan söng tergovçilar noqonuniy sxema ortida turgan şaxslarni aniqlaşga kirişgan.
Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda. Germaniya prokuraturasi asosiy gumonlanuvçiga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasini qöllaş masalasini ham körib çiqmoqda.