USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tarvuzni sevib istemol qiliş uçun sakkizta sabab

173 марта

Tarvuzni sevib istemol qiliş uçun sakkizta sabab

Iyul—avgust oylaridan tarvuzning eng pişiqçilik davri boşlanadi. Bu mahsulot özining xuştamligi, çanqoqbosdiligi bilan birga, salomatlik uçun ham koni foyda ekani bilan ajralib turadi. Şifokor-nutritsiolog Ulyana Mironova tarvuzning biz bilmagan şifobaxş tomonlari haqida aytib berdi.
Foto: iStock
1. Tarvuz — magniyga boy mahsulot. Bejizga uni poliz tabibi deb ataşmaydi. 100 gramm mahsulotda 180-250 mg (kunlik ehtiyoj örtaça 500 mg) magniy mavjud. Şuningdek, tarvuzning navi va yetiştirilgan şaroitiga qarab 64 mg dan 338 mg gaça kaliy mavjud. U diuretik tasirga ega va köpinça buyraklarni yuviş, şuningdek, tabiiy usulda şişdan xalos böliş uçun tavsiya etiladi.
2. Tarvuzda karotinoidlar serob. Ular tarkibi öxşaş bölgan 500 ga yaqin tabiiy biologik faol qöşimçalardan iborat. Karotenoidlar kuçli antioksidant tasirga ega bölib, erkin radikallarni bloklaydi.
3. Tarvuz eriydigan va erimaydigan ösimlik tolalarining ajoyib manbaidir. Ular içak faoliyatini yaxşilaşga yordam beradi, organizmdan toksinlarni çiqarib taşlaydi, foydali içak mikroflorasining rivojlanişiga xizmat qiladi va xolesterin miqdorini kamaytiradi.
4. Tarvuzda sitrullin mavjud bölib, uşbu modda arginin aminokislotasiga aylanib ketadi, yurakning töğri işlaşiga yordam berib, qon aylanişini yaxşilaydi. Şuningdek, sitrullin immunitet tizimining töğri işlaşini qöllab-quvvatlaydi.
Foto: iStock
5. Tarvuz tarkibida juda köp muhim mikroelementlar va vitaminlar — foliy va askorbin kislotalari, temir, PP, B2 va boşqa vitaminlar mavjud.
6. Tarvuz şarbatida uglevodlardan aynan fruktoza ustunlik qiladi. Fruktoza glyukozadan osonroq tanaga söriladi va organizmda insulin darajasini oşirib yubormaydi.
7. Tarvuz kaloriyasi juda past, parhezbop ekin hisoblanadi (100 gramm tarvuzda örtaça 35-38 kilokaloriya mavjud), şu bilan birga, tarvuz şarbatida natriy, yoğ va xolesterin bölmaydi.
8. Tarvuz uruği yoği kosmetika sanoatida qöllanadi. Uning tarkibida köp miqdorda E vitamini va antioksidant tasirga ega bölgan va terini yoşartiruvçi kislotalar mavjud. Tarvuz uruği moyiga asoslangan preparatlar ajinlarni sifatli tekislaydi, oqartiradi va köz ostidagi qora doiralardan xalos bölişga yordam beradi. Tarvuzning şirin va mazali tami esa har qanday maqtovga loyiq.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: