Avtomobil importi böyiça çeklovlar bekor qilindi
6-06-2026, 17:29
264 марта

Avtomobil importi böyiça çeklovlar bekor qilindi
Endi jismoniy va yuridik şaxslar bir yil içida xorijdan bittadan köp transport vositasi olib kirişi mumkin böladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 4 iyundagi “Quriliş sohasida natijaga asoslangan boşqaruvni joriy etiş hamda sohada davlat xizmatlarini soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” 104-sonli farmonida söz boradi.Hujjatga binoan, 2029 yil 1 iyulga qadar Özbekiston Respublikasida işlab çiqarilmaydigan, quriliş işlarida foydalaniladigan maxsus texnika vositalar hamda laboratoriya va instrumental körik asbob-uskunalar bojxona bojidan ozod etildi. Bunda Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda bojxona bojidan ozod etiladigan maxsus texnika vositalari röyxatini tasdiqlaydi.
Bundan taşqari, 2026 yil 1 sentyabrdan:
- binolarni qayta quriş va rekonstruktsiya qilişga ruxsatnoma beriş xizmatlari birlaştirilib, yagona “arxitektura va şaharsozlik talabi” tizimi yölga qöyiladi;
- köp kvartirali uylar, mehmonxonalar, savdo majmualari va qiymati 3 milliard sömdan yuqori bölgan byudjet obektlarida videokuzatuv kameralarini majburiy örnatiş tartibi joriy etiladi;
- obektlarni elektr, gaz va suv tarmoqlariga ulaş “1 ta ariza – 1 ta tölov – barça ulaniş nuqtalari” tamoyili asosida soddalaştiriladi.
Unga köra, jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan transport vositasini import qilişda muvofiqlik sertifikati berişdagi “bir yilda bir dona transport vositasi” çeklovi olib taşlandi. Yani, endi jismoniy şaxslar ham xorijdan çeklovlarsiz avtomobil import qilişi mumkin böladi.