Bu yil bitiruvçilar bandligi uçun 500 mlrd söm ajratiladi
8-06-2026, 21:28
98 марта

Bu yil bitiruvçilar bandligi uçun 500 mlrd söm ajratiladi
Joriy yilda 8 mingdan ziyod loyihani moliyalaştiriş uçun 500 milliard söm mablağ yönaltiriş, 10 mingga yaqin yoşlarni band qiliş rejalaştirilgan. Bu haqda bugun, 8 iyun kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan mamlakat oliy talim taşkilotlari bitiruvçilarining bandligini taminlaş yuzasidan taqdimotda söz boradi.Qayd etilişiça, 2026 yilda respublika oliygohlarini 320 ming nafar talaba bitirişi kutilmoqda.
Bitiruvçilarning tadbirkorlik loyihalarini imtiyozli şartlarda moliyalaştiriş böyiça “Kelajakka qadam” dasturi yölga qöyilgan bölib, uning doirasida 2025 yilda 6 mingdan ortiq loyihalar uçun 378 milliard söm mablağ ajratilgan. Buning natijasida 8 ming nafarga yaqin bitiruvçilarning bandligi taminlandi.
Taqdimotda 2026 yilda 8 mingdan ziyod loyihalarni moliyalaştiriş uçun 500 milliard söm mablağ yönaltiriş, 10 mingga yaqin yoşlarni band qiliş rejalaştirilgani malum qilingan.
Mazkur dasturni unda iştirok etuvçi tadbirkorlik subektlariga qöşimça moliyaviy imkoniyatlar taqdim etiş orqali yanada kengaytiriş taklif etilgan.
Şuningdek, “TalabaExpo-2026” kasb körgazmalarini iş beruvçi taşkilotlari va tadbirkorlik subektlarini faol jalb etgan holda respublikaning boşqa hududlarida ham samarali taşkil etiş zarurligi körsatib ötilgan.
Bitiruvçilar bandligini taminlaşda vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, yirik xöjalik birlaşmalari masuliyatini oşiriş muhimligi qayd etilgan.
Barça jarayonlar bandlikka kömaklaşuvçi “career.edu.uz” platformasi orqali monitoring qilinib, bandlikni taminlaş masalasi mahalliy hokimliklar darajasigaça tuşiriladi. Natijada bitiruvçilar bilan işlaşning vertikal tizimi yölga qöyiladi.
Şu bilan birga, talabalarni iş bilan band qilişda oliygoh darajasida işlarni tizimli yölga qöyiş böyiça yangi mexanizmlar taklif qilingan.
Jumladan, barça oliygohlarda karera markazlari faoliyati töliq yölga qöyilib, natijadorligiga qarab rağbatlantirib boriladi. Markazlar faoliyati “Bitiruvçi sifati indeksi” orqali baholanib, eng yuqori natija körsatgan 20 ta oliygohning karera markazlariga 500 million sömdan ajratiladi.
Joriy yilda oliygoh miqyosida 360 ta, fakultetlar miqyosida 750 ta mehnat yarmarkalari hamda har bir yönaliş kesimida mingdan ortiq iş beruvçilar bilan uçraşuvlar (vorkşoplar) taşkil etiladi.
Şuningdek, 2026/2027 öquv yilidan boşlab talabalarda tadbirkorlik könikmalarini şakllantiriş, ularni biznes yuritiş uçun mavjud imkoniyatlar bilan taniştiriş maqsadida barça oliygohlarda “Tadbirkorlik asoslari” fanini öqitiş yölga qöyiladi.
Şu bilan birga, oliygohlarda talabalarning startap loyihalarini qöllab-quvvatlaş, taşkil etiladigan spin-off korxonalariga talabalarni jalb etiş, kafedralarning tegişli tarmoq korxonalarida filiallarini oçiş, bitiruv loyihalari himoyasini iş beruvçi korxonalarda ötkazişni kengaytiriş çora-tadbirlari belgilangan.
Aniq buyurtma, moslaşuvçan dasturlar asosida kadrlar tayyorlaşga qaratilgan maqsadli dual talim şaklini ham yölga qöyiş taşabbusi bildirilgan.
Bunda talabgorlarni dasturga qabul qiliş, tölov-kontrakt miqdorini belgilaş iş beruvçi hamda oliygoh örtasida özaro kelişuvga köra amalga oşirilib, buyurtmaçi talaba öqişni tamomlaganidan söng uni iş bilan taminlaşga kafolat beradi.
Taklif qilingan çora-tadbirlar ijrosini sifatli taşkil etişda oliygohlar rahbariyatining masuliyatini oşiriş, ularning “KPI” körsatkiçlarida bitiruvçi bandligining taminlanganini asosiy mezon sifatida belgilaş zarurligi qayd etilgan.