Oliygohlarda “Tadbirkorlik asoslari” fanini öqitiş yölga qöyiladi
8-06-2026, 21:30
83 марта

Oliygohlarda “Tadbirkorlik asoslari” fanini öqitiş yölga qöyiladi
2026/2027 öquv yilidan boşlab talabalarda tadbirkorlik könikmalarini şakllantiriş, ularni biznes yuritiş uçun mavjud imkoniyatlar bilan taniştiriş maqsadida barça oliygohlarda “Tadbirkorlik asoslari” fanini öqitiş yölga qöyiladi. Bu haqda bugun, 8 iyun kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan mamlakat oliy talim taşkilotlari bitiruvçilarining bandligini taminlaş yuzasidan taqdimotda söz boradi.Qayd etilişiça, şu bilan birga, oliygohlarda talabalarning startap loyihalarini qöllab-quvvatlaş, taşkil etiladigan spin-off korxonalariga talabalarni jalb etiş, kafedralarning tegişli tarmoq korxonalarida filiallarini oçiş, bitiruv loyihalari himoyasini iş beruvçi korxonalarda ötkazişni kengaytiriş çora-tadbirlari belgilangan.
Aniq buyurtma, moslaşuvçan dasturlar asosida kadrlar tayyorlaşga qaratilgan maqsadli dual talim şaklini ham yölga qöyiş taşabbusi bildirilgan.
Bunda talabgorlarni dasturga qabul qiliş, tölov-kontrakt miqdorini belgilaş iş beruvçi hamda oliygoh örtasida özaro kelişuvga köra amalga oşirilib, buyurtmaçi talaba öqişni tamomlaganidan söng uni iş bilan taminlaşga kafolat beradi.
Taklif qilingan çora-tadbirlar ijrosini sifatli taşkil etişda oliygohlar rahbariyatining masuliyatini oşiriş, ularning “KPI” körsatkiçlarida bitiruvçi bandligining taminlanganini asosiy mezon sifatida belgilaş zarurligi qayd etilgan.
Prezident mutasaddilarga bitiruvçilar bilan işlaşni samarali taşkil etiş, bildirilgan taşabbuslarni puxta işlab çiqiş, qöşimça iş örinlarini yaratişda barça imkoniyatlarni safarbar etiş yuzasidan topşiriqlar bergan.