Pedagogika yönalişi talabalari maxsus testdan ötkaziladi
10-06-2026, 14:27
82 марта

Pedagogika yönalişi talabalari maxsus testdan ötkaziladi
Endi pedagogika yönalişida tahsil olayotgan talabalarning bilimi taşqi diagnostikadan ötkaziladi. Bu haqda Adliya vazirligining davlat röyxatidan ötkazilgan “Pedagogika sohasidagi talabalarning bilimlarini taşqi diagnostikadan ötkaziş tartibi töğrisida”gi 3853-sonli nizomida söz boradi.Unga köra, pedagogika yönalişlarida kadrlar tayyorlaş sifatini baholaş maqsadida talabalarning bilimlari taşqi diagnostikadan ötkaziladi. Taşqi diagnostika har öquv yilida bir marta pedagogika yönalişlarida tahsil olayotgan 3-bosqiç talabalari örtasida test sinovlari şaklida ötkaziladi.
Malum qilinişiça, test sinovlari 50 ta savoldan iborat bölib, ularni bajariş uçun talabalarga 45 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir töğri javob 2 ball bilan baholanadi va maksimal natija 100 ballni taşkil etadi.
Nizomga köra, taşqi diagnostikadan ötkaziş uçun har öquv yilining sentyabr oyida maktabgaça va maktab talimi vazirining buyruği bilan kamida 5 nafar malakali mutaxassislardan iborat işçi guruh tuziladi.
Taşqi diagnostika natijalariga köra, örtaça 56 ball va undan yuqori natija qayd etgan talim yönalişlari “talablarga javob beradigan”, 56 balldan past natija körsatgan yönalişlar esa “talablarga javob bermaydigan”, deb baholanadi.
Bildirilişiça, mazkur diagnostika natijalari talabalarning joriy özlaştiriş körsatkiçlari va reyting ballariga tasir qilmaydi hamda pedagog kadrlar tayyorlaş sifati holatini tahlil qilişga xizmat qiladi.