USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiyada rafiqasini böğzidan piçoqlab öldirgan özbekistonlik umrbodga qamaladi

635 марта

Turkiyada rafiqasini böğzidan piçoqlab öldirgan özbekistonlik umrbodga qamaladi

Turkiyada Özbekiston fuqarosi Nigina Sattorovaning köça örtasida öldirilişi yuzasidan olib borilgan tergov işlari yakunlandi. Prokuratura jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan uning turmuş örtoği Umid Sattorovga nisbatan oğirlaştirilgan umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi söradi. Bu haqda Turkiya mahalliy naşrlari yozmoqda. 

Şuningdek, davlat qoralovçisi qotillikni sodir etgan şaxsga yordam bergani aniqlangan ikkinçi gumonlanuvçi – Örinboy Botirbekovga esa 20 yilgaça qamoq jazosi tayinlanişini söragan. 

Ötgan yilning 17 avgust kuni Turkiyaning özbekistonliklar eng köp istiqomat qiladigan megapolisi Istanbulning Umraniya tumanida özbekistonlik 33 yaşar Nigina Sattorova turmuş örtoği Umid Sattorov tomonidan böğzidan piçoqlab öldirilgan edi. 

Marhuma Özbekistonning Samarqand viloyatidan bölgan va Istanbulda vaqtinçalik mehnat faoliyati bilan şuğullanib kelgan. U 35 yaşar turmuş örtoği Umid Sattorov bilan raşk sabab kelib çiqqan janjal oqibatida piçoqlab öldirilgan. 

Istanbul politsiyasi tomonidan olib borilgan qidiruv işlari davomida gumondor 2025 yilning 18 avgust kuni – voqea sodir bölganidan bir kun ötib, Umroniya hududida qölga olingan. Şuningdek, jinoyatçini yaşirişga yordamlaşganlikda gumon qilinayotgan, asli Jizzax viloyatidan bölgan Örinboy Botirbekov ham politsiya tomonidan uşlangan. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: