Boğçada 3 yoşli bola vafot etdi
11-06-2026, 20:34
339 марта

Qaşqadaryodagi boğçada 3 yoşli bola vafot etdi
Qaşqadaryo viloyatining Qamaşi tumanidagi oilaviy nodavlat maktabgaça talim taşkilotida 3 yoşli bola vafot etdi. Bu haqda Maktabgaça va maktab talimi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova xabar berdi.Malum qilinişiça, tuman hududidagi “Zafar” MFYda faoliyat yuritgan yakka tartibdagi tadbirkor O.A.ga tegişli oilaviy nodavlat maktabgaça talim taşkilotida 3 yoşli tarbiyalanuvçi transport vositasida unutib qoldirilgani sababli vafot etgan.
Mazkur talim taşkiloti rahbariyati va masul xodimlari bolalarni avtotransport vositalarida taşiş qoidalari va talablariga qatiy rioya etiş böyiça tegişli taşkilotlar tomonidan doimiy ogohlantirib kelingan, ammo mazkur talab va majburiyatlarga amal qilinmaganligi sababli joriy yilning 4 iyun kuni muassasaga qatnovçi tarbiyalanuvçilardan biri transport vositasida qoldirib ketilgan hamda muassasa xodimlarining sovuqqonligi va etiborsizligi oqibatida avtotransport içida vafot etgan.
Hozirda uşbu holat yuzasidan tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Şuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor O. A. bilan tuzilgan tegişli bitim hujjatlari bekor qilingan.
“Maktabgaça va maktab talimi vazirligi marhuma tarbiyalanuvçining oila azolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi hamda vaziyatga daxldor bölgan barça masullarga qatiy çora körişilişini malum qiladi”, deyiladi xabarda.