Interpol qidiruvidagi özbekistonlik Moldovada uşlandi
11-06-2026, 22:45
61 марта

Interpol qidiruvidagi özbekistonlik Moldovada uşlandi
Firibgarlikda ayblanib, Moldovada qölga olingan şaxs Özbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.Malum qilinişiça, Interpolning Özbekiston va Moldova Milliy markaziy byurolari hamkorligidagi tezkor tadbirlar natijasida firibgarlik sodir etgani uçun xalqaro qidiruvda bölgan Özbekiston fuqarosi Kişinyov şahridan ekstraditsiya qilingan.
Mazkur şaxsga nisbatan xalqaro qidiruv Özbekiston Interpol MMB tomonidan Interpol kanallari orqali elon qilingan. Uning joylaşuvini aniqlaş va qölga olişni taşkil etiş maqsadida Özbekiston Interpol MMB Moldova Interpol MMB bilan doimiy axborot almaşinuvini hamda hamkorlikdagi harakatlarni yölga qöygan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qidiruvdagi şaxsning turgan joyi aniqlanib, Moldova hududida qölga olingan.
Zarur ekstraditsiya jarayonlari yakunlangaç, qidiruvdagi şaxs jinoiy javobgarlikka tortiş uçun Özbekistonning vakolatli idoralariga topşirildi.
Ötkazilgan tadbirlar Interpol doirasidagi xalqaro politsiya hamkorligining samaradorligini hamda huquqni muhofaza qiluvçi idoralarning sodir etilgan jinoyatlar uçun javobgarlik muqarrarligi tamoyiliga sodiqligini yana bir bor tasdiqlagan.