Interpol qidirgan özbekistonlik Gruziyada uşlandi
31-01-2026, 22:18
280 марта

Interpol qidirgan özbekistonlik Gruziyada uşlandi
Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvda bölgan özbekistonlik Gruziyadan ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.Malum qilinişiça, Interpol kanallari orqali Özbekiston Jinoyat kodeksining 118-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan nomusga tegiş jinoyatini sodir etganligi uçun qidiruvda bölgan Özbekiston fuqarosi mamlakatga ekstraditsiya qilingan.
Qidiruvdagi şaxs Gruziya hududida bölgan va xalqaro qidiruv doirasida qölga olingan.
Ekstraditsiya Özbekiston va Gruziya Interpol xodimlarining muvofiqlaştirilgan özaro hamkorligi va qöşma tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida amalga oşirilgan.
Takidlaş joizki, uşbu ekstraditsiya sönggi ikki oy içida Gruziya tomonidan qidiruvdagi Özbekiston fuqarolarining uçinçi bor topşirişidir.
Ekstraditsiya qilingan şaxs Özbekiston Interpol xodimlari hamrohligida Özbekiston hududiga olib kelinib, keyingi protsessual harakatlarni amalga oşiriş va amaldagi qonunçilikka muvofiq javobgarlikka tortiş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlar vakillariga topşirilgan.