Xalqaro qidiruvdagi özbekistonlik Xorvatiyada uşlandi
16-01-2026, 21:18
306 марта

Xalqaro qidiruvdagi özbekistonlik Xorvatiyada uşlandi
Firibgarlik işi böyiça xalqaro qidiruvda bölgan Özbekiston fuqarosi Xorvatiyada qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.Qayd etilişiça, Özbekiston hamda Xorvatiya Interpol Milliy markaziy byurolarining muvofiqlaştirilgan harakatlari natijasida firibgarlik jinoyatini sodir etganlik uçun xalqaro qidiruvda bölgan Özbekiston Respublikasi fuqarosining Zagrebdan ekstraditsiyasi muvaffaqiyatli amalga oşirilgan.
Ekstraditsiya Interpol Zagreb Milliy markaziy byurosi bilan yaqin hamkorlik, şuningdek, Özbekiston Respublikasining Vengriyadagi konsulligining har tomonlama kömagi tufayli amalga oşirilgan.
“Ötkazilgan tadbir xalqaro politsiya hamkorligining samaradorligini va tomonlarning sodir etilgan jinoyatlar uçun javobgarlikning muqarrarligi tamoyiliga sodiqligini tasdiqlaydi”, deyiladi xabarda.