Qizni şaxsiy rasmlari bilan şantaj qilgan talaba uşlandi
11-06-2026, 22:59
73 марта

Qizni şaxsiy rasmlari bilan şantaj qilgan talaba uşlandi
Jizzax viloyatida özganing şaxsiy foto va videolarini tarqatiş bilan tahdid qilib, 10 million söm talab qilgan talaba qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.Qayd etilişiça, Jizzax şahrining “Toşloq” mahallasida yaşovçi fuqaro içki işlar organlariga murojaat qilib, farzandiga nisbatan noqonuniy harakat qilgan şaxsga qarşi çora körişni söragan.
Malum bölişiça, şaharning “Obod” mahallasida istiqomat qiluvçi oliy talim muassasalaridan birida tahsil oluvçi 2006 yilda tuğilgan talaba arizaçining farzandiga tegişli bölgan şaxsiy va oşkor etilişi mumkin bölmagan foto va video tasvirlarni qölga kiritgan. Uşbu şaxs tasvirlarni jabrlanuvçining yaqin qarindoşlari va tanişlariga tarqatiş bilan tahdid qilgan va ularni tarqatmaslik evaziga 10 million söm talab qilib, noqonuniy ravişda moddiy manfaat olişga uringan.
Bildirilişiça, gumonlanuvçi talab qilgan 10 million sömni olayotgan vaqtida Jizzax viloyati IIB tomonidan qölga olingan. Tekşiruv davomida uning mobil telefonida ariza muallifiga tegişli şaxsiy foto va video materiallar topilgan. Şu bois bir dona telefon apparati rasmiy ravişda hujjatlaştirilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik) ikkinçi qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçi protsessual tartibda vaqtinça saqlaş hibsxonasiga joylaştirilgan.