Mahkumadan pul undirmoqçi bölgan inspektor uşlandi
11-01-2026, 15:40
722 марта

Andijonda mahkumadan pul undirmoqçi bölgan inspektor uşlandi
Andijon viloyatida mahkumdan noqonuniy yöl orqali pul undirmoqçi bölgan probatsiya xizmati inspektori işdan olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.Qayd etilişiça, viloyat Içki işlar boşqarmasi probatsiya guruhi inspektori mahkum ayol bilan moddiy manfaatga qaratilgan noörin munosabatga kirişib, ayolga ikki oydan beri göyoki özining hisobidan firmaga 800 ming söm pul tölaganini vaj qilib, 1 million 600 ming söm talab qilgan.
Holat yuzasidan ayol Şaxsiy xavfsizlik boş boşqarmasi, Andijon viloyati böyiça boşqarmasi xodimlariga murojaat yöllagan.
Viloyat Şaxsiy xavfsizlik boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan maxsus yiğilişda probatsiya nazorati guruhi inspektorining yuqoridagi noörin xatti-harakatlari muhokama qilinib, xodim yiğiliş zalidan olib çiqib ketilgan.
Inspektor öz xohişi bilan içki işlar organlari tizimidan böşagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Bekobod şahrida içki işlar xodimi 10 ming dollar bilan qölga olingandi.