Iş taşlaşning qonuniy tartibi belgilandi
11-06-2026, 23:06
146 марта

Iş taşlaşning qonuniy tartibi belgilandi
Özbekistonda iş taşlaşni amalga oşirişning qonuniy tartiblari belgilandi. Bu haqda bugun, 11 iyun kuni Özbekiston Respublikasining 1150-son qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.Uşbu hujjat bilan Mehnat kodeksiga kiritilgan özgartirişlarga köra, agar yaraştiriş taomillari orqali jamoaviy mehnat nizosini hal qilişning iloji bölmasa, mehnat jamoasi iş taşlaş töğrisida qaror qabul qilişi mumkin. Iş taşlaşda qatnaşiş ixtiyoriy. Heç kim iş taşlaşda qatnaşişga yoki unda qatnaşmaslikka majbur qilinişi mumkin emas.
Iş taşlaşni elon qiliş töğrisidagi qaror taşkilot xodimlarining umumiy yiğilişida qatnaşayotgan xodimlarning 50 foizidan köproği yoqlab bergan ovozi bilan qabul qilinadi. Qaror qabul qiliş iş taşlaş boşlanişidan kamida 1 oy oldin amalga oşiriladi.
Xujjatga köra, Kasaba uyuşmasi qömitasi iş taşlaşni elon qiliş töğrisidagi qaror haqida iş beruvçini qaror qabul qilingan paytdan 1 iş kunidan keçiktirmay yozma ravişda xabardor qilişi kerak.
Bunda iş beruvçi bölajak iş taşlaşni elon qiliş töğrisida yozma xabarnomani olgan paytdan etiboran 1 iş kunidan keçiktirmay jamoaviy mehnat nizolarini tartibga soliş böyiça davlat organlarini yozma ravişda ogohlantiradi.
Iş taşlaş paytida xodimning iş joyi saqlanib qoladi
Qonun bilan kiritilgan özgartirişlarga köra, iş taşlaşga kasaba uyuşmasi qömitasining vakolatli vakili rahbarlik qiladi. Xodimning iş taşlaş bilan boğliq jarayonda iştirok etgani uni intizomiy javobgarlikka tortiş uçun asos sifatida körib çiqilişi mumkin emas.
Belgilangan tartiga köra, iş taşlaş paytida unda iştirok etadigan xodimning iş joyi va lavozimi saqlanib qoladi. Iş beruvçi xodimga u iş taşlaşda qatnaşgan vaqtida iş haqini tölamaslik huquqiga ega.
Iş taşlaş insonlarning hayoti va soğliğiga zarar yetkaziş real xavfini keltirib çiqarsa, tinçlik va xavfsizlikka, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga, ekologik barqarorlikka tahdid solsa, sudning qaroriga asosan:
- elon qilingan iş taşlaşning boşlaniş vaqti 30 kalendar kundan köp bölmagan muddatga keçiktirilişi;
- iş taşlaş 30 kalendar kundan köp bölmagan muddatga töxtatib turilişi mumkin.
Iş taşlaşdagi taqiqlar
Favqulodda holat yoki favqulodda vaziyatlar paytida, uruş holatida, umumiy safarbarlik elon qilingan davrda iş taşlaş taqiqlanadi.
Qonundagi tartibga köra, iş taşlaşda quyidagilarning qatnaşişi mumkin emas hamda ular iştirokidagi iş taşlaş taqiqlangan hisoblanadi:
- tibbiyot xodimlari;
- davlat organining vakolatlarini amalga oşiriş uçun Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan şaxslar;
- harbiy xizmatçilar, sudyalar, sud va huquqni muhofaza qiluvçi organlarning maxsus (harbiy) unvonlarga yoki martaba (malaka, mansab) darajalariga ega xodimlari;
- energiya va suv taminoti tizimi taşkilotlari xodimlari;
- aloqa tizimi xodimlari.