Ilk bor özbekistonliklarning iş taşlaş huquqi kafolatlanmoqda
8-04-2026, 16:11
323 марта

Ilk bor özbekistonliklarning iş taşlaş huquqi kafolatlanmoqda
Özbekistonda iş taşlaş huquqi kafolatlanmoqda, iş beruvçi va mehnat organlarini xabardor qiliş tartib-taomillari va boşqa huquq hamda majburiyatlar belgilanmoqda. Keça, 7 aprel kuni Senatning navbatdagi yalpi majlisida şu haqdagi “Fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari kuçaytirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni maqullandi.Qayd etilişiça, muhokama qilingan qonun milliy qonunçilikni Xalqaro mehnat taşkilotining konventsiyalariga muvofiqlaştiriş maqsadida işlab çiqilgan bölib, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Senat tomonidan qonunçilik taşabbusi tartibida qonunçilik palatasiga kiritilgan.
Qonun Jinoyat, Mamuriy javobgarlik töğrisidagi, Fuqarolik protsessual, Mehnat kodekslariga hamda “Özbekiston Respublikasida jamoat birlaşmalari töğrisida”gi va “Kasaba uyuşmalari töğrisida”gi qonunlarga qöşimça va özgartirişlar kiritişni nazarda tutadi.
Iş taşlaş bu – xodimlarning mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy manfaatlarini himoya qiliş maqsadida iş beruvçi bilan jamoaviy mehnat nizosini hal etiş usuli sifatida mehnat majburiyatlarini vaqtinça, ixtiyoriy va birgalikda töliq yoki qisman bajarişdan tiyiliş ekanligi mustahkamlanmoqda.
Şuningdek, iş taşlaş huquqi kafolatlanmoqda, iş beruvçi va mehnat organlarini xabardor qiliş tartib-taomillari belgilanmoqda.
Şuningdek:
- iş taşlaşga rahbarlik qiliş kasaba uyuşmasi qömitasining vakolatli vakili tomonidan amalga oşirilişi, uning uşbu jarayondagi huquq va majburiyatlari nazarda tutilmoqda;
- elon qilingan iş taşlaşning boşlaş vaqtini keçiktiriş yoki iş taşlaşni töxtatib turiş, şuningdek, iş taşlaşni noqonuniy deb topiş asoslari va tartibi belgilanmoqda;
- iş taşlaşga oid çeklovlar doirasi oçib berilmoqda, şu jumladan milliy inqiroz, favqulodda holat yoki favqulodda vaziyatlar paytida iş taşlaş taqiqlanişi, iş taşlaş ötkazilişi mumkin bölmagan taşkilotlar va iş taşlaşda iştirok etişi çeklangan xodimlar doirasi körsatilmoqda;
- fuqarolarning hayoti, soğligi va şaxsiy xavfsizligi uçun faoliyati hayotiy muhim bölmagan, biroq aholining kundalik hayotini taminlaşda muhim örin tutadigan taşkilotlarda iş taşlaş ötkazilayotganda minimal zarur işlar (xizmatlar) joriy etilişi belgilanmoqda.