USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Narkojinoyatlarga qarşi javobgarlik keskin kuçaytiriladi

126 марта
Narkojinoyatlarga qarşi javobgarlik keskin kuçaytiriladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik tahdidlaridan himoya qilişga qaratilgan qonunçilikni takomillaştiriş yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.

Davlat rahbari tomonidan imzolangan qonun bilan Jinoyat kodeksiga «Aholi salomatligi va genofondiga qarşi jinoyatlar» nomli yangi bob kiritilmoqda.

 Endilikda noqonuniy narkolaboratoriyalar taşkil etiş, narkotiklar savdosiga rahnamolik qiliş va bangixonalar oçiş kabi qilmişlar uçun alohida javobgarlik belgilanadi.

Şuningdek, 10 dan ortiq xavfli jinoyatlar böyiça jazo çoralari kuçaytiriladi.
Taqdimotda «Narkotiklar va kuçli tasir qiluvçi moddalar töğrisida»gi yangi qonun loyihasi ham muhokama qilindi. Unda giyohvandlikka qarşi kuraşning 7 ta ustuvor yönalişi, internet orqali sodir etilayotgan narkojinoyatlarga çek qöyiş, yoşlar va xotin-qizlarda «giyohvandlikka qarşi immunitet»ni şakllantiriş, profilaktika va reabilitatsiya tizimini takomillaştiriş masalalari nazarda tutilgani qayd etildi.

Şuningdek, yöl harakati xavfsizligini taminlaş, voyaga yetmaganlarga transport vositalarini boşqarişga ruxsat beriş oqibatida yuz berayotgan oğir holatlarning oldini oliş va bu boradagi javobgarlikni kuçaytiriş yuzasidan takliflar ham maqullandi.

Prezidentimiz giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarşi kuraşni zamon talablari asosida taşkil etiş, yoşlarni uşbu illatdan asraş hamda fuqarolar xavfsizligini taminlaş böyiça mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: