Bolalarning maşina boşqarişiga ruxsat berganlarga jazo kuçaytiriladi
11-06-2026, 23:04
257 марта

Bolalarning maşina boşqarişiga ruxsat berganlarga jazo kuçaytiriladi
Özbekistonda narkotik bilan şuğullangan hamda voyaga yetmaganlarning avtomobil boşqarişiga yöl qöyganlarga javobgarlik kuçaytiriladi. Bu haqda bugun, 11 iyun kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlikdan himoya qiliş, şuningdek, yöl harakati iştirokçilari xavfsizligini taminlaşga qaratilgan qonunçilikni takomillaştiriş yuzasidan taqdimot bilan tanişişi çoğida söz bordi.Unda qayd etilişiça, davlat rahbariga parlament tomonidan qabul qilingan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari hamda kuçli tasir qiluvçi moddalarning qonunga xilof muomalasi uçun javobgarlikni kuçaytirişga qaratilgan qonun mazmun-mohiyati haqida malumot berilgan.
Malum qilinişiça, qonun bilan Jinoyat kodeksiga “Aholi salomatligi va genofondiga qarşi jinoyatlar” nomli yangi bob kiritilmoqda. Unda aholi, ayniqsa, yoşlar salomatligiga tahdid solayotgan xavfli qilmişlar uçun javobgarlik çoralarini kuçaytiriş közda tutilgan. Şuningdek, yangi bobda narkojinoyatlarning zamonaviy usul va şakllari inobatga olinib, ğayriqonuniy narkolaboratoriya taşkil etiş, narkotiklarning noqonuniy muomalasiga rahnamolik qiliş, bangixona taşkil etiş kabi qilmişlar uçun alohida javobgarlik belgilanib, 10 dan ortiq xavfli qilmiş böyiça jazo çoralari oğirlaştirilmoqda.
Davlat rahbari uşbu qonun narkojinoyatçilikka qarşi kuraşişni yangi bosqiçga olib çiqiş, aholi salomatligi va millat genofondini himoya qilişda muhim huquqiy asos bölişini takidlagan hamda uni imzolagan. Taqdimotda idoralararo işçi guruh tomonidan işlab çiqilgan “Narkotiklar va kuçli tasir qiluvçi moddalar töğrisida”gi qonun loyihasi haqida ham axborot berilgan.
.jpg)
Malum qilinişiça, yangi qonun loyihasida davlat siyosatining 7 ta asosiy yönalişi belgilanmoqda. Ular orasida aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoşlarda “giyohvandlikka qarşi immunitet”ni şakllantiriş, internet orqali sodir etilayotgan narkojinoyatlarga barham beriş, giyohvandlikning barvaqt profilaktikasi, diagnostikasi, davolaş va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya tizimini takomillaştiriş kabi çoralar mavjud.
Loyihada narkotiklar aylanmasi, giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarşi kuraşişda bevosita iştirok etuvçi 14 ta davlat organining vazifa va vakolatlari aniq belgilanişi nazarda tutilgan. Unga köra, qonuniy muomaladagi moddalar ustidan davlat nazorati kuçaytirilib, ularni olib kirişdan tortib, realizatsiya qilişgaça bölgan jarayonlar uzluksiz elektron nazorat qilinadi.

Taqdimot jarayonida prekursorlar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar muomalasini qatiy tartibga solişni yanada takomillaştiriş böyiça takliflar ham körib çiqilgan. Bu borada elektron nazorat tizimini joriy etiş, noqonuniy holatlarga qarşi idoralararo hamkorlikni kuçaytiriş muhimligi qayd etilgan.
Taqdimotda yöl-transport hodisalarining oldini oliş masalalariga ham alohida etibor qaratilgan. Unda ayrim fuqarolar tomonidan voyaga yetmagan şaxslarga transport vositasini boşqarişga ruxsat berilayotgani, bu esa yöllarda ölim va jiddiy jarohat oliş holatlariga sabab bölayotgani qayd etilgan. Şu bois, yangiça yondaşuv asosida yöl harakati qoidalariga rioya etilişini taminlaş, oğir oqibatli avariyalarning oldini oliş, buning uçun javobgarlikni kuçaytiriş zarurligi takidlangan.