USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Bir qadam yetmay qoladi”gan davrdan jahon çempionatigaça yoxud 34 yillik yöl

81 марта
“Бир қадам етмай қолади”ган даврдан жаҳон чемпионатигача ёхуд 34 йиллик йўл

Özbekiston “marojni” yegani ketmayapti! Ha, töğri eşitdingiz. Bundan bir neça yil avval Hojiboy Tojiboyevning öşa maşxur “Borib bitta-bitta “marojni” yeb kelsa ham mayli edi” degan özbek futboli haqidagi hazili aytilgandi. Tan oliş kerak, bu ham kulgili, ham alamli bir xazil bölgandi. Taqdirni qarangki, bugun Özbekiston milliy terma jamoasi vakillari futbol böyiça Jahon çempionatida iştirok etiş uçun Şimoliy Amerika qitasida bölib turibdi. Maqsad esa, Hojiboy aka aytganlaridek muzqaymoq yeyiş emas. Maqsad – astoydil ğalaba. Töğri eşitdingiz, maksimal ğalaba! Axir aytişganku, toğdek sörasang, qirdek berişadi deb, şunday emasmi?! 

Hozir esa, sizlarga Milliy terma jamoaning bugungi kungaça yetişgan marralarining sababi şunçaki lotoreya emas, qançalik mehnat talab qilgani, sabr va asablarni sinaganini eslatadigan kiçik bir hikoya aytib bermoqçiman. Ayniqsa, mamlakat rahbari aytganidek, Futboldan korruptsiya yöqolsa, yoki heç bölmaganda kamaysa, nimalar bölişi mumkinligi haqida sözlamoqçiman. Demak, yaxşilab joylaşib oling, men boşladim! 

Muqaddima

Bazi hikoyalar bor – ular bitta öyin, bitta gol yoki bitta saralaş bilan boşlanmaydi. Ular yillar davomida yiğiladi, statistik jadvalning alamli raqamlaridan, yöqotilgan imkoniyatlardan va köp takrorlangan “bir qadam qolgandi” sözidan quriladi. 
11 iyun kuni start olgan Mundial oldidan ötkazilgan sönggi ikki örtoqlik öyini natijalari Özbekiston milliy terma jamoasi muxlislarini ikki tarafga ajratdi. Bir tomon Kanadaga yutqazgan terma jamoamiz Jahon çempionatida nima ham qilar edi desa, yana kimdirlar mundilda uçraydigan barça mağlubiyatlarga ham rozi. Axir 34 yil kutganmiz yöllanma olişni. Futbol olamining eng nufuzli turniriga 1 qadam qolganida ortga qaytişlar, alamli mağlubiyatlar, muxlislarning köz yoşi bilan va nihoyat Özbekiston yetib keldi. Keling, körib çiqamiz – bu tarix qanday şakllanganini. 

Mustaqil jamoaning ilk parvozlari

Özbekiston futbolining mustaqillikdan keyingi yöli hujjatlarda 1992 yildan boşlanadi. Öşa davrda asosiy vazifa xalqaro tizimga integratsiya qiliş, milliy çempionatni şakllantiriş va terma jamoani FIFA hamda OFK doirasidagi rasmiy musobaqalarga moslaştiriş edi. Şu nuqtadan boşlab Jahon çempionati saralaşlari faqat sport jarayoni emas, balki mamlakat futbol tizimining real holatini körsatib beruvçi eng asosiy indikatorga aylandi. 1994 yilgi Osiyo öyinlaridagi çempionlik esa bu jarayonning ilk statistik signali sifatida qayd etiladi. 

Özbekiston milliy terma jamoasi Jahon çempionati saralaşlarida ilk bor 1996–1997 yillardan boşlab iştirok eta boşlagan. 1998 yil Frantsiyada bölib ötadigan mundial saralaş bosqiçi esa, birinçi haqiqiy sinov böldi. Öşanda final bosqiçida Özbekiston Janubiy Koreya, Yaponiya, BAA va Qozoğiston bilan bir guruhga tuşgandi. Tarkib dahşat – Mirjalol Qosimov, Igor Şkvirin, Oleg Şatskix. 

Özbekiston Osiyo mintaqasida yangi nom sifatida maydonga çiqdi. Yakuniy ikkinçi bosqiçda 10 ta jamoa 5 tadan iborat ikki guruhga bölindi. Guruhlarida birinçi örinni egallagan jamoalar töğridan-töğri Jahon çempionatiga yöllanma olar edi. Ikkinçi örinni egallagan jamoalar esa bir-biri bilan uy hamda safar öyinlarini ötkazişi kerak edi. Ammo undagi ğalaba ham yetarli bölmasdi. Qita pley-offida ğalaba qozongan jamoa OFK (Okeaniya) jamoasiga qarşi qitalararo pley-offda qatnaşişi şart etdi. Bu saralaş tizimida Özbeksiton terma jamoasi sönggi ikkinçi turdan söng, öz guruhida törtinçi örinni egalab, Jahon çempionatiga yöllanmani qölga kirita olmagan. Bu davrni köplab tahlillar “potentsial mavjud, lekin realizatsiya past” degan xulosa bilan ifodalaydi.

Şu davrdan boşlab bir doimiy tendentsiya şakllanadi: jamoa har safar oldingidan kuçliroq körinardi, lekin hal qiluvçi nuqtada kiçik oçkolar yetişmay qolaveradi. Şundan keyingi har bir Jahon çempionati tsikli Özbekiston futboli uçun bir-biridan farqli, lekin struktura jihatdan öxşaş stsenariyni takrorlayveradi. 

Yangi asrning yangi muammolari

2002 yilda vaziyat biroz özgardi. Tarkib kuçaydi, individual daraja oşdi, biroq struktura öşa darajada tez rivojlanmadi. Statistik malumotlar şuni körsatadiki, Özbekiston öşa bosqiçda köplab öyinlarda raqiblarga teng yoki ulardan ustun öynagan, ammo saralaşning muxim nuqtalarda oçkolar yöqotilgan. Bu bosqiçning yakuniy ikki turigaça Özbekistonda jahon çempionatiga çiqiş imkoniyati juda yaxşi bölgan. Ammo oxirgi öyinlardagi oçko yöqotişlar sabab Özbekiston terma jamoasi öz guruhida uçinçi örinni egalladi va Jahon çempionati yöllanmasini qölga kirita olmadi. Xitoy Özbekiston guruhidan birinçi örinni va Jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritdi, BAA terma jamoasi esa, Özbekistondan atiga bir oçko köp töplab ikkinçi örin bilan qita pley-off bosqiçiga yöllanma oldi. 

Bekor qilingan ğalaba

2006 yilgi JÇ uçun saralaş jarayoni esa alohida tahlil obektiga aylangan davr hisoblanadi. Öşa tsiklda Özbekiston jamoasi Osiyo miqyosida eng kuçli jamoalarga yaqinlaşdi, bazi hollarda statistik ustunlik ham qayd etildi. Biroq pley-off va hal qiluvçi öyinlarda minimal farqlar natijani belgiladi. Aynan şu bosqiçdan boşlab “bir qadam yetmay qoliş” fenomeni futbol tahlilçilarining asosiy terminiga aylandi. Bu holat tasodifiy emas, balki takrorlanuvçi muammo sifatida qayd etildi. Yakuniy uçinçi bosqiçda 8 ta jamoa har biri 4 ta jamoadan iborat ikki guruhga bölindi. Afsuski, Özbekiston terma jamoasi öz guruhida uçinçi örinni egalladi va qita pley-off bosqiçiga yöllanma oldi. Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya guruhlardan birinçi va ikkinçi örinlarni egallab Jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritdi. Guruhlarida uçinçi örinni egallagan jamoalar – Özbekiston va Bahrayn qita pley-offiga töqnaş keldi. 

2005 yil 3-sentyabrda qita pley-offining birinçi bosqiçidan söng janjal kelib çiqdi. Öyin Toşkentda bölib ötgan va 1:0 hisobidagi Özbekiston ğalabasi bilan yakunlangan. Keyinçalik uşbu öyin natijasi futbol tarixida kamdan-kam uçraydigan nomni oldi. Yani qoidalar buzilişi sababli bekor qilindi. 2005 yil 8-oktyabrda qayta ötkazilgan öyin 1:1 hisobida yakunlandi. Bahrayndagi javob uçraşuvi esa 0:0 hisobida tugadi va Bahrayn safardagi gol evaziga ustunlikka ega bölib Özbekistonni yana bir bor mundialdan mahrum qildi. 

Eng yomon saralaş

2010 yilga kelib jamoa allaqaçon Osiyo futbolining yuqori qatlamida mustahkam örin egallagan edi. FIFA reytingi, öyin statistikasi va individual futbolçilar darajasi sezilarli ösişni körsatdi. Ammo şunga qaramay saralaşning sönggi törtinçi bosqiçida Özbekiston öz guruhida beşinçi örinni egalladi. Avstraliya va Yaponiya birinçi va ikkinçi örinlarni egallab, Jahon çempionatiga yöl oldi. Bahrayn esa qita pley-offiga çiqdi. Bu natija Özbekiston uçun eng yomon saralaşlardan biri sifatida tarixga kirdi. Jamoani uşbu bosqiçda avval Rauf Inileyev, keyin esa Mirjalol Qosimov boşqardi.

“Bollarda ayb yöq!”

2014 yilgi tsiklda Özbekiston uzoq vaqt davomida ikkinçi öringa yaqin yurdi, ammo sönggi öyinlardagi yöqotişlar imkoniyatni yöqqa çiqardi. Koreya Respublikasi gollar farqi evaziga ustunlikni qölga kiritdi. Natijada, yana qita pley-offi, yana Bahrayn! Taassufki, bu safar ham Özbekiston börilari bu tösiqdan öta olmadi. Mirjalol Qosimovning öşa maşhur memlarga aylanib ketgan “bollarda ayb yöq” iborasi aynan şu davrda aytilgan edi.

Babayan aybdormi, yoki Eron?

2018 yil – yangi davr boşlandi. Öşa yilgi tsikllar boşida Özbekiston futboli tizimni qayta quriş davriga töğri keladi. Akademiyalar oçildi, tizimdagi korruptsiyaga qarşi kuraşiş kuçaytirildi, yoşlar tizimi va klublarga etibor oşdi. Ha, natijalar keçikdi, ammo poydevor mustahkamlandi. Butun boşli federatsiya assotsiatsiyaga özgartirildi. Viloyatlarda hududiy futbol assotsiatsiyalari taşkil qilindi va har bir yoş toifasida terma jamoalar şakllantirildi. 

2015 yilda Özbekiston terma jamoasi Rossiyada bölib ötgan 2018 yilgi Jahon çempionati saralaş bosqiçida iştirok etişni boşladi. Bu öz tarixida 6-marta uriniş edi. Özbekiston milliy terma jamoasi yuqori reytingi sababli Osiyoning eng kuçli jamoalari qatori saralaşni ikkinçi bosqiçdan boşladi. Bu bosqiçda Özbekiston KXDR, Filippin, Bahrayn va Yaman terma jamoalariga qarşi uyda va safarda öyin ötkazişi kerak edi. Maqsad – guruh ğolibi bölib, keyingi, final saralaş bosqiçiga yöl oliş edi. 

Kuraş yakunida Özbekiston ikkinçi örinni egallagan Şimoliy Koreyani 5 oçkoga ortda qoldirib, guruhda 1-örinni egalladi va keyingi bosqiçga çiqdi. Final bosqiçda 10 ta terma jamoa 5 tadan 2 guruhga bölindi. Guruhda 1 va 2-örinlarni egallagan jamoalar töğridan-töğri Jahon çempionatiga yöllanma olardi. 3-örin egalariga esa ikki bosqiçli pley-off öyinlari berilardi. Bu bosqiçda ğolib çiqqan jamoa keyinçalik KONKAKAF vakiliga qarşi yana ikki öyinli pley-offda qatnaşib, Jahon çempionatiga yöllanma uçun kuraşardi. 

Final saralaş bosqiçi yakuniga kelib, Özbekiston terma jamoasi mundialga çiqiş uçun katta imkoniyatga ega edi. Biroq Suriya va Xitoyga qarşi kutilmagan mağlubiyatlar, ikkalasi ham safarda minimal hisobda bölgan, şuningdek Eron va Janubiy Koreyaga qarşi mağlubiyat va duranglar yetarli oçkolar töplanişiga tösqinlik qildi. Natijada Özbekiston öz guruhida 6 ta jamoa orasida 4-örinni egalladi va hatto kontinental pley-off bosqiçiga ham çiqa olmadi. Öz tarixidagi eng yomon natijalardan biri edi bu. 

Guruhdan Eron va Janubiy Koreya Jahon çempionatiga töğridan-töğri yöllanma oldi, Yaponiya va Saudiya Arabistoni esa B guruhi orqali mundialga çiqdi. Suriya esa bir gol farqi evaziga 3-örinni olib, Avstraliyaga qarşi pley-off öyinlarida iştirok etiş huquqini qölga kiritdi. Aslida bu natijaga Eronning ham qaysidir manoda hissasi bor edi. Şarhlovçi Xayrulla Hamidov öşa öyinning şarhidayoq hammasini dangal aytib taşlagan edi.
Anzur Ismoilovning köpçilik xozirgaça alamli kulgi bilan eslaydigan intervyusi ham mana şu öyindan söng olingan.

2018 yilgi Jahon çempionati saralaş natijalari Özbekiston terma jamoasi tarixidagi eng omadsiz davrlardan biri bölib qoldi. Şunisi etiborga loyiqki, butun saralaş tsikli davomida jamoani ilk bor bir murabbiy – Samvel Babayan boşqardi. Bu esa alohida mavzu. Uni futbol muxlislari yaxşi biladi. 

Yangi davrning eski gaplari

2022 yilgi bosqiç esa, yangi avlod kirib kelgan davr böldi. Tarkib yoşardi, Yevropa ligalarida öynayotgan futbolçilar soni oşdi, texnik va taktik sifatlar yaxşilandi. Biroq pandemiya, format özgarişi va murabbiylar ştabidagi xatolar natijani yana salbiy yakunladi. Bunga uzoq töxtalib ötirişning ham hojati yöq, aslida. 

Yelkasiga şamol tekkan özbegim

Endi esa 2026 yilgi tsikl… bu davrga kelib 10 yil oldin akademiyalarga berilgan etibor öz mevasini bera boşladi. Abduqodir Husanov va Abbos Fayzullayev kabi futbolçilar terma jamoada va xalqaro maydonda öz örnini topdi. Futbol assotsiatsiyasining murabbiylar özgarişi borasidagi qarori ham özini oqladi. 

2026 yilgi mundial yöllanmasi uçun saralaşning hal qiluvçi bosqiçida Özbekiston “A” guruhidan joy oldi. Raqiblar orasida eski tanişlar – Osiyoning eng kuçli jamoalaridan Eron, Qatar va BAA, şuningdek, Qirğiziston hamda Şimoliy Koreya bor edi. Guruhning ilk ikki örni töğridan-töğri Jahon çempionatiga çiqişni taminlardi. Özbekiston dastlabki turlardayoq Qirğiziston va Şimoliy Koreya ustidan muhim ğalabalarni qölga kiritdi. Bosqiçning örtalariga kelib Özbekiston Eron bilan yetakçilik uçun kuraş olib bordi, BAA va Qatar esa taqibçi sifatida pley-off uçun kuraşdi. 

2025 yil 5 iyun kuni Abu-Dabida BAAga qarşi keçgan uçraşuv Özbekiston futboli tarixidagi eng muhim bahslardan biriga aylandi. Murosasiz keçgan öyin 0:0 hisobida yakunlandi. Mazkur durang Özbekistonga guruhdagi dastlabki ikki örindan birini kafolatlaş imkonini berdi. Final huştagi yangragan zahoti butun mamlakat böylab bayram boşlandi. Şu tariqa Özbekiston milliy terma jamoasi öz tarixida ilk bor FIFA Jahon çempionatiga çiqdi.

Har safar bir qadam qolganda qoqiladigan Özbekiston bu safar bir qadam oldin hammasini hal qildi. Uçinçi saralaş bosqiçining yakunlariga köra, Özbekiston Osiyoning eng kam gol ötkazgan jamoalaridan biri böldi. Hozir Özbekiston Jahon çempionatining ilk uçraşuvini ötkaziş ostonasida turibdi. Bugungi muvaffaqiyatga Eldor Şomurodov, Jalolddin Maşaripov, Ötkir Yusupov, Otabek Şukurov, Abbos Fayzullayev va Abduqodir Husanov va umuman, terma jamoaning barça vakillari – “Oq börilar” bilan erişildi. 

Bu hali hammasi emas!

Bir paytlar faqat orzu bölib köringan maqsadni yangi avlod futbolçilari bugun real vazifaga aylantira oldi. Ammo bu yölda köplarni mehrini qozongan va özbek futbolining katta vakillariga aylangan Mirjalol Qosimov, Maksim Şatskix, Aleksandr Geynrix, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Vitaliy Denisov, Ignatiy Nesterov, Temur Kapadze kabi nomlarni ham alohida etirof etiş kerak. Şu sababli, Özbekiston futbolining bugungi holatini faqat Jahon çempionatidagi natijalar bilan ölçaş töliq tasavvur bermaydi. Çunki, terma jamoa eng muhim vazifalardan birini allaqaçon bajardi – u butun bir avlodning işonçini oqladi va özbek futboli erişa oladigan çegaralar haqidagi tasavvurni özgartirdi. Bir vaqtlar imkonsizdek tuyulgan marraga yetib kelişning özi tarixiy voqeadir. 

Endi Jahon çempionati Özbekiston futboli uçun orzu emas, balki yangi bosqiçdir. U yerda qayd etiladigan har bir natija, qölga kiritiladigan har bir oçko yoki ğalaba tarixning yangi sahifalarini yozişi mumkin. Ammo qanday natija qayd etilişidan qati nazar, bir haqiqat özgarmaydi: Özbekiston milliy terma jamoasi allaqaçon mamlakat sporti tarixidagi eng muhim sahifalardan birini yozib bölgan. Jahon çempionati esa bu hikoyaning yakuni emas, balki uning navbatdagi bobidir. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: