USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Prezident ofisidan topşiriqlar: maoşlar oşiriladi, sudyalar nazorati va ota-onalar javobgarligi kuçaytiriladi

743 марта
Президент офисидан топшириқлар: маошлар оширилади, судьялар назорати ва ота-оналар жавобгарлиги кучайтирилади

Özbekistonda ötgan hafta davlat boşqaruvi, iqtisodiyot, ijtimoiy soha va huquq-tartibot tizimiga daxldor qator muhim qarorlar qabul qilindi. Sud tizimida korruptsiyaga qarşi kuraşni kuçaytirişdan tortib, şifokorlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, baliqçilikni yangi bosqiçga olib çiqiş, narkojinoyatçilikka qarşi qonunçilikni kuçaytiriş hamda toğ-kon sanoatida raqamli texnologiyalarni joriy etişgaça bölgan masalalar davlat rahbarining diqqat markazida böldi.

Sud tizimida korruptsiyaga qarşi “favqulodda holat”

Endilikda sud tizimida halollik, adolat va poklik tamoili asosida komplayens nazorat kuçaytiriladi. Joriy yilning 8 iyun kungi taqdimotda prezident aholining sud himoyasida böliş kafolatlarini yanada kuçaytiriş, sudlarda korruptsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaş va baholaşning professional tizimini joriy etiş, şuningdek, sud tizimida 2026 yilda korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça elon qilingan “favqulodda holat”dan kelib çiqadigan vazifalarning samarali va öz vaqtida amalga oşirilişini taminlaş maqsadida “Sudlarda komplayens nazorat tizimi samaradorligini oşirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida” farmonni imzoladi.

Unga köra, 2026 yil yakuniga qadar sud tizimida korruptsiyaga qarşi barqarorlik böyiça diagnostika ötkaziladi. Sudyalikka nomzodlarni tayyorlaş jarayonida ularning şaxsiy-professional va korruptsiyaga qarşi barqarorligini baholaş amaliyoti ham joriy etiladi.

Sud apparatiga işga qabul qiliş tizimi ham tubdan yangilanadi. U oçiq tanlov, şaffof tartib-taomillar va meritokratiya tamoyillari asosida taşkil etiladi. Nomzodlarning kasbiy, manaviy-axloqiy va halollik sifatlarini baholaşning zamonaviy tizimi joriy qilinadi.

Xodimlar uçun manfaatlar töqnaşuviga olib keluvçi faoliyat va tadbirkorlik bilan şuğullaniş, çet elda hisobvaraq oçiş kabi çeklovlar nazarda tutiladi.

Taqdimotda sud apparati xodimlari uçun ixtisoslaşgan xizmat kiyimini joriy etiş taklifi ham körib çiqildi. Bu xodimlar masuliyati, xizmat intizomi va etika madaniyatini mustahkamlaşga xizmat qilişi aytib ötildi.

Davlat rahbari sud tizimida şaffoflik, halollik va adolat muhitini mustahkamlaş aholining sud himoyasiga bölgan işonçini oşirişning muhim omili ekanini, takliflarni puxta işlab çiqiş, komplayens xizmatiga malakali kadrlarni jalb etiş zarurligini bildirdi.

Baliqçilik: arzon va sifatli oziq-ovqat

Özbekistonda baliqçilik oziq-ovqat xavfsizligini taminlaş, qişloq aholisi daromadlarini oşiriş va suv resurslaridan samarali foydalanişda muhim yönaliş hisoblanadi. Ilk bor mamlakatda yetiştirilgan baliq hajmi tabiiy suv havzalarida ovlangan baliq miqdoridan oşib ketdi. Markaziy Osiyoda baliq yetiştiriş hajmi böyiça Özbekiston yetakçi örinda turibdi.

Ötgan yil hisobida 206 ming tonna baliq yetiştirilgan. 11 iyun kunidagi taqdimotda oddiy köl baliqçiligidan suvni tejaydigan, qayta aylantiradigan va intensiv texnologiyalarga asoslangan tizimga ötiş zarurligi haqida söz bordi. Bu borada 329 ta tabiiy suv havzasi va suv ombori hamda ular atrofidagi 163 ming gektar yer maydonlarini ijaraga berişning yangi, şaffof tizimini joriy qiliş, intensiv baliqçilik va naslçilik xöjaliklariga har yili zarur miqdorda suv yetkazib berişni kafolatlanişi lozimligi qayd etildi.
Sohada yangi texnologiyalarni joriy etiş va tadbirkorlarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş, xususan, yopiq suv aylanma tizimini örnatiş xarajatlarining bir qismini qoplaş, naslli ona baliqlarni import qiliş uçun subsidiya ajratiş, quyoş panellarini örnatiş uçun subsidiya beriş va aylanma mablağ uçun imtiyozli kreditlarning foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qiliş lozimligi takidlandi.

Baliqçilik xöjaliklariga kreditlar ajratiş, milliy va xorijiy valyutadagi kreditlar böyiça foiz xarajatlarini qisman qoplaş mexanizmlari joriy etiladi.

Uşbu imkoniyatlar hisobiga keyingi yilda baliq yetiştiriş hajmini 500 ming tonnadan oşiriş çoralarini köriş topşirildi. Sohada malakali kadrlar tayyorlaş ham muhim vazifa sifatida belgilandi.

Şuningdek, Agrar universitetda Astraxan davlat texnika universiteti va Xitoyning Dalyan okean universiteti bilan hamkorlikda baliqçilik va akvakultura böyiça qöşma fakultet oçiş taklifi körib çiqildi.

Prezident mutasaddilarga baliqçilik tarmoğini zamonaviy texnologiyalar, ilmiy yondaşuv va samarali boşqaruv asosida rivojlantiriş, tadbirkorlar uçun qulay şaroitlar yaratiş, suv resurslaridan oqilona foydalaniş va aholi dasturxoniga arzon, sifatli baliq mahsulotlarini yetkazib beriş yuzasidan topşiriqlar berdi.

Şifokorlarga yangi imtiyozlar

Aholi salomatligini mustahkamlaş va oğir kasallikka çalingan bemorlarga yordam körsatiş borasida bir qança işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, onkologik (saraton) kasalliklarini erta aniqlaş, ularga bepul va sifatli tibbiy yordam körsatiş belgilangan. Aynan şu mavzuda, prezident Şavkat Mirziyoyev 11 iyun kuni olib borilayotgan işlar bilan tanişdi.

Taqdimotda aholi örtasida eng köp uçraydigan saraton kasalliklari böyiça maqsadli tibbiy tekşiruvlar bilan qamrab olişni kamida 60 foizga yetkaziş, saraton kasalliklariga çalingan bemorlar orasida 5 yillik umr davomiyligi körsatkiçini 35 foizdan kamida 45 foizga oşiriş maqsad qilingani bildirildi.

Buning uçun 2027 yildan boşlab Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va xalqaro ekspertlar iştirokida işlab çiqilgan saratonga qarşi kuraşiş böyiça Milliy dastur hududlarda bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.

Mazkur dastur doirasida birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari xodimlarining onkologik huşyorligi oşiriladi. Ular saraton kasalliklarining dastlabki belgilarini aniqlaş va bemorlarni öz vaqtida ixtisoslaşgan muassasalarga yönaltiriş böyiça qayta tayyorlanadi.

Şuningdek, xalqaro tavsiyalar asosida klinik qöllanmalar qabul qilinadi. Onkologiya yönalişida multidistsiplinar jamoaviy yondaşuv – bir neçta mutaxassis iştirokida bemorga taşxis qöyiş va davolaş taktikasi joriy etiladi.

Aholining ehtiyojlaridan kelib çiqib, barça hududlarda xospis muassasalari bosqiçma-bosqiç taşkil qilinadi. Taqdimotda davlat tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini moddiy qöllab-quvvatlaş masalalari ham körib çiqildi. Jumladan, kamida 15 yillik iş stajiga ega xodimlar farzandlarining respublika oliy talim muassasalari bakalavriatida öqişi uçun yillik kontrakt tölovining bir qismini, şuningdek, şunday iş stajiga ega xodimlar ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olişida dastlabki badalning bir qismini qoplab berilişi belgilandi.

Narkojinoyatçilikka qarşi yangi bosqiç

Joriy yilning 11 iyun kuni, Şavkat Mirziyoyev aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlikdan himoya qiliş, şuningdek, yöl harakati iştirokçilari xavfsizligini taminlaşga qaratilgan qonunçilikni takomillaştiriş yuzasidan taqdimot bilan tanişdi. Unda, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari hamda kuçli tasir qiluvçi moddalarning qonunga xilof muomalasi uçun javobgarlikni kuçaytirişga qaratilgan qonun mazmun-mohiyati haqida malumot berildi.

Uşbu qonun parlament tomonidan qabul qilingan. Qonun bilan Jinoyat kodeksiga “Aholi salomatligi va genofondiga qarşi jinoyatlar” nomli yangi bob kiritilmoqda, bu orqali aholi, ayniqsa yoşlar salomatligiga tahdid solayotgan xavfli qilmişlar uçun javobgarlik çoralarini kuçaytiriş közda tutilgan.

Narkojinoyatlarning zamonaviy usul va şakllari inobatga olinib, ğayriqonuniy narkolaboratoriya taşkil etiş, narkotiklarning noqonuniy muomalasiga rahnamolik qiliş, bangixona taşkil etiş kabi qilmişlar uçun alohida javobgarlik belgilanmoqda. Şuningdek, 10 dan ortiq xavfli qilmiş böyiça jazo çoralari oğirlaştiriladi.

Davlat rahbari uşbu qonun narkojinoyatçilikka qarşi kuraşişni yangi bosqiçga olib çiqiş, aholi salomatligi va millat genofondini himoya qilişda muhim huquqiy asos bölişini takidladi hamda uni imzoladi. Yangi qonun loyihasida davlat siyosatining 7 ta asosiy yönalişi belgilanmoqda.

Ular orasida aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoşlarda “giyohvandlikka qarşi immunitet”ni şakllantiriş, internet orqali sodir etilayotgan narkojinoyatlarga barham beriş, giyohvandlikning barvaqt profilaktikasi, diagnostikasi, davolaş va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya tizimini takomillaştiriş kabi çoralar mavjud.

Şuningdek, taqdimotda yöl-transport hodisalarining oldini oliş masalalariga ham alohida etibor qaratildi. Ayrim fuqarolar tomonidan voyaga yetmagan şaxslarga transport vositasini boşqarişga ruxsat berilayotgani, bu esa yöllarda ölim va jiddiy jarohat oliş holatlariga sabab bölayotgani qayd etildi.

Şu bois, yangiça yondaşuv asosida yöl harakati qoidalariga rioya etilişini taminlaş, oğir oqibatli avariyalarning oldini oliş, buning uçun javobgarlikni kuçaytiriş belgilandi.

Oltin qaziş köpaytiriladi

Bir neça kun oldin, 9 iyun kuni prezident boşçiligida Toğ-kon sanoati va geologiya sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy etiş çoralari körib çiqildi.

Yiğiliş davomida mamlakat iqtisodiyotida toğ-kon sanoati va geologiya tarmoği muhim örin tutişi, 2025 yilda ularning byudjetga tuşumlari 118,5 trillion sömni taşkil etgani bildirildi. Unda kelgusi beş yilda oltin zaxirasini qöşimça 879 tonnaga, kumuşni 510 tonnaga, misni 676 ming tonnaga oşiriş böyiça işlar allaqaçon boşlangani qayd etildi.

Şuningdek mazkur taqdimotda 2026-2030 yillarda geologiya sohasida hamda 6 ta yirik korxona – “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”, “Navoiyuran”, “Özmetkombinat”, “Özbekkömir” hamda “Özbekiston texnologik metallar kombinati”da suniy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy etiş böyiça jami 44 ta loyihani amalga oşiriş rejalari haqida axborot berildi.

Voqea tafsilotlari bilan batafsil tanişiş uçun QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasi orqali uşbu videoni tomoşa qiling.

Изоҳ қолдириш

    • Умид 13 Iyun 2026 23:48
      Ассалому алайкум. Кани маколада ойлик хакида хеч кандай маълумот йук-ку
    • 123 13 Iyun 2026 23:57
      Маошлар тўғрисида гап йўқ-ку бу ерда?
    • Ойбек 14 Iyun 2026 02:40
      Президентимизни оллохим хар бир ишида кулласин омад ёр булсин халкни уйлаб канчадан канча яхши карор ва фармонлар чикаряпти.Мани узимга хам операциямни бепулга килиш учун президентимиз буйруги билан ёрдам курсатиляпти рахмат катта оллх рози бусин ёш ногиронлиги булган болаларга ижтимоий химоя органлари узлари поликлиникаларда юришиб документ тахлаб шуларга ёрдам бреиб юрганларини уз кузим билан курдим .Дуодаман Президентимиз учун
    • Ойбек 14 Iyun 2026 02:41
      Президентимизни оллохим хар бир ишида кулласин омад ёр булсин халкни уйлаб канчадан канча яхши карор ва фармонлар чикаряпти.Мани узимга хам операциямни бепулга килиш учун президентимиз буйруги билан ёрдам курсатиляпти рахмат катта оллх рози бусин ёш ногиронлиги булган болаларга ижтимоий химоя органлари узлари поликлиникаларда юришиб документ тахлаб шуларга ёрдам бреиб юрганларини уз кузим билан курдим .Дуодаман Президентимиз учун

Мавзуга алоқадор: