Namanganda haydovçining oldidan 1 kilodan ortiq “gaşiş” çiqdi
Namangan viloyatining Pop tumanida 1 kilogrammdan ortiq “gaşiş” moddasini olib ketayotgan haydovçi uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, ötkazilgan tezkor tadbirda “Qöqon — Toşkent” yönalişida harakatlanayotgan, Toşkent şahrida yaşovçi, 1995 yilda tuğilgan şaxs boşqaruvidagi Voyah rusumli avtomaşina Namangan viloyati Pop tumanidagi “Namangan” YPX maskanida töxtatilib, xolislar iştirokida tekşirilgan.
Tekşiruv davomida avtomaşina salonidagi örindiq ostida qora rangli sellofan paket içida sof oğirligi 1 kg 178 gr “gaşiş” moddasi va 8 dona “Regapen” kuçli tasir qiluvçi dori vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.
Malum bölişiça, u uşbu moddani poytaxtdagi mijozlarga sotiş maqsadida olib ketayotgan bölgan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatining Oltiariq tumanida giyohvand moddalarni sotgani uçun qölga tuşgan 19 yoşli yigit 8 yil muddatga qamalgani haqida xabar berilgandi. https://qalampir.uz/news/nasha-sotgan-19-yeshli-bola-8-yilda-k-amaldi-137591