20 yoşli ayolni Dubayga fohişalikka yuborayotgan şaxs uşlandi
Toşkent xalqaro aeraportida 20 yoşli ayolni Dubayga fohişalik uçun yuborayotgan 25 yoşli boşqa ayol qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Malum bölişiça, Toşkent viloyati Angren şahrida yaşovçi 25 yoşli ayol Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahrida yaşovçi tanişlari bilan jinoiy til biriktirib, oson daromad orttiriş maqsadida Jizzax viloyati Mirzaçöl tumanida yaşovçi ayolning işonçiga kirib, uni aldov yöli bilan çet elga yuborişga uringan.
Gumonlanuvçi şaxs uşbu ayolni xorijdagi tanişida mömay daromad topuvçi bir neçta böş iş örinlari borligiga işontirib, Toşkent xalqaro aeroporti orqali Dubay şahriga şahvoniy ekstraditsiya, fohişalik uçun yuborayotgan vaqtida tadbir iştirokçilari tomonidan daliliy aşyolar bilan uşlangan.
Aniqlanişiça, jabrlanuvçini Dubay şahrida yaşovçi boşqa bir özbekistonlik ayol kutib olişi kerak bölgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan, uşlangan şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi “d”, “k” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. Şuningdek jinoyatga aloqador boşqa şaxslarning şaxsini aniqlaş va ularni tergovga jalb qiliş çoralari körilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyatida ayollarni xorijga olib çiqib, fohişalikka jalb qiliş bilan şuğullangan jinoiy guruh azolari qölga olingandi.