Katta miqdordagi oltinni Dubayga olib çiqmoqçi bölgan şaxs uşlandi
21-05-2026, 12:40
387 марта

Katta miqdordagi oltinni Dubayga olib çiqmoqçi bölgan şaxs uşlandi
Dubayga olib ketilayotgan salkam 2 kg oltin töxtatib qolindi.Davlat xavfsizlik xizmati va «Toşkent-Aero» ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi xodimlari hamkorligida Toşkent xalqaro aeroportida ötkazilgan tezkor tadbir natijasida katta miqdordagi oltin quymalarning mamlakatdan noqonuniy olib ketilişiga çek qöyildi.
Xususan, «Toşkent – Dubay» yönalişi böyiça parvoz qilişni rejalaştirgan, 1980 yilda Andijon viloyatida tuğilgan, hozirda Toşkent şahrida yaşovçi şaxsning yuklari tekşiruvdan ötkazildi.
Natijada unga tegişli çemodanning içki tayanç qismiga jami
1 kg 923 gr oltin quymalar yaşirilganligi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi.
Şuningdek, uşbu noqonuniy işga 1992 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan, muqaddam Jinoyat Kodeksining 182-moddasi bilan sudlangan fuqaroning aloqadorligi aniqlandi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.