Toşkentda öquvçilardan iborat jinoiy guruh qölga olindi
Toşkent şahrida fuqaroni giyohvand moddalar tarqatişda ayblab, uni şarmanda qiliş va öldiriş bilan tahdid qilib pul talab qilgan maktab öquvçilaridan iborat guruh foş etildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, zöravonlik va tovlamaçilik jinoyatini sodir etib kelgan ikki nafar 2006 yilda tuğilgan şaxs hamda 2008 va 2009 yilda tuğilgan maktab öquvçilari qölga olingan. Jinoiy guruh Toşkent şahrining Yunusobod tumanidagi avtoturargohlardan birida 300 AQŞ dollari va 2 million 400 ming söm pulni olayotgan vaqtda uşlangan. Ulardan 300 AQŞ dollari, 2 million 400 ming söm pul, olti dona telefon, bir dona piçoq va bir dona ötkir tiğli jism aşyoviy dalil sifatida olingan.
Uşbu holat yuzasidan guruh yetakçisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik) 2-qismi, 127-moddasi (voyaga yetmaganlarni ğayriijtimoiy harakatlarga jalb qiliş) 3-qismi va 112-moddasi (öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) 1-qismi böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Qolgan uç nafar şerigiga nisbatan 165-modda 2-qismi böyiça iş oçilgan.
Içki işlar vazirligi malumotiga köra, arizaçi tört nafar şaxsdan iborat guruh tomonidan bosimga uçraganini bildirib murojaat qilgan. Gumonlanuvçilar uni majburlab videoga olgan, giyohvand modda tarqatişda ayblagan holda rolikni internetda tarqatiş bilan qörqitgan va 500 AQŞ dollari talab qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatida maktab öquvçilari va boşqa odamlarni qörqitib kelgan jinoiy guruh azolari qölga olingandi.