USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Toşkentda soxta prokuror 5 kişini katta pulga “uxlatdi”

260 марта
Тошкентда сохта прокурор 5 кишини катта пулга “ухлатди”

Boş prokuratura Şaxsiy xavfsizlik boşqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida fuqaro A.A. özini Boş prokuratura xodimi sifatida taniştirib, bir neçta fuqaroning mol-mulkini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura xabar berdi.

Tergov malumotlariga köra, A.A. jabrlanuvçilar B.M. va S.Ş. ga arzon narxda buğdoy mahsulotini sotib olib, uni qayta işlaş orqali katta miqdorda daromad oliş mumkinligini aytib, ularning işonçiga kirgan hamda 1,7 mlrd söm pul mablağini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan.

Bundan taşqari, A.A. jabrlanuvçi M.T. ga tegişli MÇJga Yakkasaroy tumani Yunus Rajabiy mahallasi hududida joylaşgan 50 sotix yer maydoni ajratiş töğrisidagi Toşkent şahar hokimining qarori Oliy sudning hal qiluv qarori bilan bekor qilinganidan xabar topib, mazkur qarorni qayta tiklab beriş evaziga M.T. dan 95 ming AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan.

Şuningdek, A.A. fuqaro I.N. bilan Facebook ijtimoiy tarmoği orqali tanişib, unga Boş prokuraturada işlaşini malum qilgan holda uning işonçiga kirgan. Keyinçalik u I.N. ga bahosi 8 500 AQŞ dollari bölgan, 2014 yilda işlab çiqarilgan Cobalt rusumli avtomaşinasini yangi Gentra rusumli avtomaşinasiga almaştirib berişini vada qilib, avtomaşinani firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan hamda uni boşqa şaxsga sotib yuborib, bergan vadasini bajarmasdan, tuşgan mablağni şaxsiy ehtiyojlari uçun sarflab yuborgan.

Xuddi şunday, A.A. fuqaro A.K. bilan tanişib, unga Boş prokuraturada işlaşini malum qilgan holda uning işonçiga kirgan. Tergov malumotlariga köra, malum vaqt davomida yaqin munosabatda bölgan mazkur şaxs A.K.ga tegişli Yunusobod tumani 9-mavze, 2-uy, 23-xonadon kalitining nusxasini qölga kiritib, uning sayohatga ketganligidan foydalangan. Şundan söng xonadonga noqonuniy ravişda kirib, A.K.ga tegişli juda köp miqdordagi tilla taqinçoqlarni yaşirin ravişda öğirlab, voqea joyidan yaşiringan.

2026 yil 18 iyun kuni A.A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 169-moddasi 4-qismi “a” bandi hamda boşqa moddalari bilan ayblov elon qilinib, unga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.

“Agarda şunga öxşaş holatlar yuzasidan, yani A.A. özini prokuratura xodimi sifatida taniştirib, pul mablağlarini özlaştirganligi haqida malumotga ega bölsangiz yoki uşbu şaxsning xatti-harakatlaridan jabr körgan bölsangiz, zudlik bilan Boş prokuraturaning 1161 raqamli işonç telefoniga qönğiroq qilib, xabar berişingizni söraymiz. Murojaat qiluvçilarning şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi. Özini turli davlat organlari xodimi sifatida taniştirib, xizmatlar evaziga pul mablaği talab qiluvçi şaxslarga işonmang!” deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryo viloyatida özini prokuratura xodimi deb taniştirgan zaxiradagi kiçik serjant qölga olingan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: