USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tarixdagi eng yirik kiberhujumlar

54 марта
Тарихдаги энг йирик киберҳужумлар

Bir vaqtlar uruş deganda köz oldimizga tanklar, qiruvçi samolyotlar va raketalar kelardi. Klassik töqnaşuvlarda millionlab dollarlik texnikalar, tonnalab öq-dorilar va minglab inson resursi jalb qilinar edi. Ammo, bugun-çi?

Bugun davlatlar raqiblarining hududiga askar kiritmasdan ham milliardlab dollarlik zarar yetkazişi, strategik obektlarni işdan çiqarişi va hatto harbiy amaliyotlarning taqdirini hal qilişi mumkin. Buning uçun ularga faqat internetga ulangan bir neçta kompyuter va “şu kompyuterlarni tuşunadigan” mutaxasislar kerak xolos.

2010 yilda Eronning yadroviy dasturiga qarşi amalga oşirilgan “Stuxnet” operatsiyasi kiber qurollar ham jismoniy zarar yetkaza olişini isbotlagan bölsa, Estoniya, Ukraina va hatto AQŞ yoki Rossiya kabi davlatlarga yönaltirilgan hujumlar har qanday qurolga ega davlat ham zamonaviy jang qoidalari oldida ojiz qolişini körsatdi. Uşbu maqolada/videoda mana şunday davlatlar darajasidagi eng yirik kiber hujumlar haqida gaplaşamiz.

“Stuxnet” – birinçi kiberqurol

2000 yillar boşida Eron öz yadroviy dasturini kengaytirayotganini elon qildi. Öz navbatida bu xabar AQŞ va Isroilning içiga ğulğula soldi. Muzokaralar boşlandi, ammo Natanz şahri ostida joylaşgan yadroviy obektda tsentrifugalar töxtamadi. Har qança urinişmasin Tehron yadro quroli haqidagi davolarni rad etaverdi. Bu jarayonni töxtatişning yagona yöli sifatida Eronning yadroviy maşinasini içidan işdan çiqariş yöli tanlandi. Buning uçun ular insoniyat tarixidagi eng murakkab kiber qurolni “Stuxnet”ni yaratdi.

2010 yil, Eron. Natanz şahri yaqinidagi maxfiy yadroviy obektlarda ğalati hodisa yuz bera boşladi. Tsentrifugalar, yani uran boyituvçi ulkan metaldan yasalgan aylanuvçi qurilmalar birin-ketin işdan çiqa boşladi. Avvaliga heç kim nima bölayotganini tuşunmadi. Zavod işçilari ham, texnik xodimlar ham, muhandis olimlar ham va hatto Eron razvedkasi ham uşbu zanjrli “baxtsiz hodisalar” sababini tuşunmayotgandi. Begona heç kim kirtilmagan, barça buyruqlar töğri berilgan edi. Negaki barça  texnik nosozliklar ortida kompyuter kodi bilan yaratilgan virus turar edi. Uşbu kompyuter virusi tarixdagi birinçi kiberqurol sifatida tan olindi.

“Stuxnet” oddiy kompyuter virusi emas edi. U aynan Eronning yadroviy dasturini nişonga oliş uçun yaratilgan murakkab zararli dastur bölib, sanoat korxonalarini boşqaruvçi “Siemens” tizimlariga yaşirinça kirib olgan. Virus tsentrifugalar aylaniş tezligini vaqti-vaqti bilan meyordan oşirib yoki pasaytirib yuborgan. Eng qiziği, tizim operatorlari monitorlarda hammasi joyida ekanini körib turgan. Natijada uskunalar buzilgan, biroq mutaxassislar uzoq vaqt davomida bunga nima sabab bölayotganini tuşuna olmagan.

Xalqaro ekspertlar va jurnalistik suriştiruvlarga köra, operatsiya AQŞ va Isroil tomonidan Eronning yadroviy dasturini sekinlaştiriş maqsadida amalga oşirilgan. Garçi tomonlar buni rasman tan olmagan bölsa-da, “Stuxnet” köpinça davlat tomonidan yaratilgan ilk kiberqurol sifatida tilga olinadi. Ayrim baholaşlarga köra, hujum natijasida Natanzdagi mingga yaqin tsentrifuga işdan çiqqan va Eronning ehtimoliy yadroviy dasturi bir neça yilga ortga surilgan.

“Stuxnet” xalqaro siyosatda ham yangi davrni boşlab berdi. Şundan söng, yirik davlatlar kiberqöşinlar taşkil etişga, raqamli xavfsizlikka milliardlab dollar sarflaşga kirişdi. Kiber makon quruqlik, havo va dengiz qatori uruş olib boriladigan yangi maydon sifatida qarala boşlandi.
Bugun köplab ekspertlar “Stuxnet”ni XXI asr kiberuruşlarining boşlaniş nuqtasi deb hisoblaydi. Çunki aynan şu operatsiya davlatlar örtasidagi kuraşni yangiça qiyofasini kaşf etdi.

“E-Estonia” kiber hujumi

1991 yil 20 avgustda SSSRdan mustaqil bölgan Estoniya yangilikka oçiqlik va Yevropa bilan yaqinlaşuv siyosatini tanladi. Öşa yilning özidayoq BMTga azo böldi va 2004 yilda rasman NATO azosiga aylandi. 2004 yil 1 may kuni esa, Estoniya Yevropa Ittifoqiga (EI) tölaqonli azo bölib kirdi va bu mamlakat iqtisodiyotiga Ğarb investitsiyalarining katta oqimini olib keldi.

Şuningdek, Estoniya iqtisodiy jihatdan ortda qolmaslik uçun qoğozbozlikdan voz keçib, texnologik sakraşni amalga oşirdi. 1996 yilda “Tiigrihüpe” (Yölbarsning sakraşi) nomli maktablarni töliq kompyuterlaştiriş va barça sinflarni internetga ulaş milliy loyihasi amalga oşirildi. Mamlakat parlamenti yalpi içki mahsulotining 1 foiz qismini har qanday siyosiy özgarişlardan qati nazar, faqat IT sohasini rivojlantirişga yönaltiriş haqida qonun qabul qildi. Elektron imzo, raqamli rezidentlik va internet orqali ovoz beriş kabi texnologiyalar birin ketin joriy etila boşlandi. Qisqa vaqt içida Estoniya dunyoning eng ilğor raqamli jamiyatiga aylandi va “E-Estonia” degan nomga sazovor böldi. Ammo, mamlakatning töla raqamlaştirilgani uning eng katta ustunligi va şu bilan birga eng katta kamçiligi ham edi.

2007 yil aprel oyining oxirlarida Estoniya davlat idoralari va xususiy taşkilotlariga qarşi misli körilmagan DDoS (Taqsimlangan xizmat körsatişni rad etiş) hujumlari boşlandi. Hujumçilarning maqsadi tizimlarni buziş emas, balki ularga bir vaqtning özida juda köp sörov yuborib, serverlarni işlamay qolişiga majbur qiliş edi. Natijada parlament, hukumat, vazirliklar, yirik banklar va ommaviy axborot vositalarining saytlari bir neça bor faoliyatini töxtatişga majbur böldi. Ayrim bank xizmatlari vaqtinça işlamay qoldi, davlat idoralari esa internet orqali fuqarolarga xizmat körsatişda qiyinçiliklarga duç keldi. Turli xalqaro tahlillarga köra, töğridan-töğri zarar 27 million dollardan 40 million dollargaça baholangan.

Estoniya rasmiylari va köplab Ğarb ekspertlari hujumlar ortida Rossiyadagi şaxslar va guruhlar turganini takidladi. Malumotlarga köra, kiberhujumga Estoniya hukumati poytaxt Tallin markazida joylaşgan sovet davridan qolgan Bronza askar haykalini şahar markazidan çetroqqa köçirişga qaror qilingani sabab bölgan. Moskva esa bu ayblovlarni rad etdi. Hujumlarning kim tomonidan taşkil etilgani töliq isbotlanmagan bölsa-da, voqea Rossiya va Ğarb örtasidagi axborot qarama-qarşiligining ilk yirik namunasiga aylandi.

Şu voqeadan keyin nafaqat NATO yoki Yevropa Ittifoqi, balki butun dunyo kiberxavfsizlikni milliy xavfsizlik masalasi sifatida jiddiy qabul qila boşladi. Tallinda NATOning Kiber mudofaa sohasidagi hamkorlik böyiça ilğor tajriba markazi (Cooperative Cyber Defence Centre of Excellence) markazi taşkil etildi va kiberhujumlar kollektiv xavfsizlikka tahdid sifatida baholana boşlandi. Davlatlar armiya va harbiy qurollarni kuçaytirişi bu yaxşi, ammo kiberxavfsizlik masalasi ham zamonaviy davrning zamonaviy talabiga aylanib ulgurdi.

AQŞga kiberhujum

2020 yilning dekabrida AQŞ rasmiylari va kiberxavfsizlik kompaniyalari mamlakat tarixidagi eng yirik kiberjosuslik operatsiyalaridan biri foş bölganini malum qildi. Gap Texasda joylaşgan SolarWinds kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan Orion nomli tarmoq boşqaruv dasturi haqida edi. Eng qiziği, uşbu dasturdan AQŞ federal idoralari, harbiy taşkilotlar va minglab xususiy kompaniyalar foydalanardi.

Malum bölişiça, hujumçilar “SolarWinds” kompaniyasining dasturiy taminotni yangilaş tizimiga yaşirinça kirib olgan. Natijada, dastur yangilangaç, foydalanuvçilar özlari bilmagan holda hujumçilarga “eşik oçib bergan”.

Hujum natijasida AQŞning Moliya vazirligi, Savdo vazirligi, Energetika vazirligi, Içki xavfsizlik vazirligi hamda boşqa köplab federal idoralari tarmoqlariga kirib borilgan. Mutaxassislarning baholaşiça, dasturning zararli yangilanişini dunyo böylab 18 mingdan ortiq taşkilot yuklab olgan. Biroq hujumçilar ularning faqat ayrimlarini çuqurroq nişonga olgan.

Tergov davomida AQŞ rasmiylari operatsiya ortida Rossiyaning Taşqi razvedka xizmati bilan boğliq guruhlar turganini bildirdi. Moskva esa bu ayblovlarni rad etdi. Şunga qaramay, köplab Ğarb davlatlari va kiberxavfsizlik ekspertlari hujumni Rossiya tomonidan amalga oşirilgan eng yirik kiberjosuslik operatsiyalaridan biri sifatida baholadi.

Xalqaro siyosat nuqtai nazaridan SolarWinds yangi xavfni oçib berdi. Endi davlatlar faqat öz tarmoqlarini emas, balki foydalanayotgan dasturlar va texnologiyalar zanjirini ham himoya qilişi kerak edi. Çunki, bitta kompaniyaning xavfsizligining zaifligi davlat taşkilotlarining zaifligiga aylanişi mumkin.

Xomanaiyning öldirilişi

Yaqin Şarqdagi uruşning klasssik qiyofasi ortida kiberhujumlarning ham örni katta. Garçi köp ham eslanmasa-da, AQŞ va Isroilning razvedka tizimlari va hakkerlarning birgalikdagi harakatlari ularning dastkabki kunlardagi ustunligining asosiy sababi deyiş mumkin.

Tasdiqlanmagan malumotlarga köra, Eronning marhum Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy hamda boşqa yuqori martabali siyosiy va harbiy rahbarlarining aniq joylaşuvini topişda kiberoperatsiyalarning örni katta bölgan. AQŞ razvedkasi Erondagi kuzatuv kameralari tizimini buzib kiriş orqali mamlakatning yuqori mansabdorlari bir yerga yiğilgan vaqtni aniqlay olgan.

Biroq kiberhujumlarning vazifasi faqat malumot yiğiş bilan çeklanmaydi. Isroil hamda AQŞ tomonidan Eron nişonlariga berilgan zarbalar ortidan mamlakatning qator davlat tizimlari va internet resurslari kiberhujumlarga duç keldi. Eronning ayrim davlat saytlarida uzilişlar kuzatildi, bir qator raqamli xizmatlar faoliyatida muammolar yuzaga keldi. Bu hujumlar OAV va mobil ilovalar orqali eronliklarni öz hukumatiga qarşi qözğolon kötarişga çaqiruvçi xabarlarni tarqatişga qaratilgan edi. Isroil musulmonlarga namoz vaqtlarini kuzatişda yordam beradigan va Eronda keng qöllaniladigan ilovani buzib kirib, Eron qurolli kuçlarini raqib tomonga ötişga çaqiruvçi va “yordam keldi” degan mazmundagi xabarlarni tarqatişda foydalangan.

Garçi Eron hukumati keyinçalik hammasini nazoratga olişni uddalagan bölsa-da, Ali Xomanaiyning öldirilişi raqamlaşgan dunyoda har qanday insonning xavfsizligini söroq ostiga qöydi.

Uşbu maqoladan çiqariş mumkin bölgan xulosa qaysidir manoda qörqinçli ham. AQŞdek dunyoning eng qudratli davlatlari ham, Xomanaiydek dunyoda eng kuçli qöriqlanadigan şaxslar ham bugungi raqamlaştirilgan dunyoda ojiz “öyinçidek” qolayotgan bölsa, siz-u biz kabi internetdan kundalik foydalanadigan oddiy insonlarda şaxsiy daxlsizlik degan tuşunça qançalar mört bölib qolgan ekan-a?

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: