USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Navoiyda YPX inspektoriga pora bermoqçi bölgan haydovçi uşlandi

99 марта
Навоийда ЙПХ инспекторига пора бермоқчи бўлган ҳайдовчи ушланди

Navoiy viloyatida jarima maydoniga joylaştirilgan yuk maşinasini çiqarib oliş maqsadida YPX inspektoriga pora taklif qilgan şaxs qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Malum qilinişiça, 25 may kuni Karmana tumanidagi “Samarqand” muntazam yöl-patrul xizmati maskanida harakatlanib kelayotgan yuk avtomaşinasi töxtatilib, tekşiruvdan ötkazilgan. Tekşiruv davomida 1990 yilda tuğilgan samarqandlik haydovçi transport vositasini ruxsatnomada körsatilgan yönalişdan çetga çiqib boşqargani aniqlangan.

Holat yuzasidan haydovçiga nisbatan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 125-1-moddasi (yuk taşiş qoidalarini, şatakka oliş qoidalarini buziş) 4-qismiga asosan mamuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Yuk maşinasi esa vaqtinça saqlaş maydoniga joylaştirilgan.

Şundan söng fuqaro Yöl harakati xavfsizligi xizmati mamuriy amaliyot markaziga murojaat qilgan. U öziga nisbatan tuzilgan bayonnomani hal qilib beriş hamda yuk maşinasini jarima maydonidan çiqariş evaziga masul inspektorga ming dollar miqdorida pora taklif qilgan.

Xodimning bildirgisi asosida tezkor tadbir taşkil etilgan. Tadbir davomida fuqaro mamuriy amaliyot markazi binosida pulning bir qismi sifatida 7 million 100 ming sömni inspektorga pora tariqasida berayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida Yöl harakati patrul inspektoriga 10 million söm pora taklif qilgan Hindiston fuqarosi uşlangandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: