USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Namanganda tergovçi nomusga tegiş jinoyatiga oid dalillarini soxtalaştirdi

37 марта
Наманганда терговчи номусга тегиш жиноятига оид далилларини сохталаштирди

Namangan viloyatida nomusga tegiş böyiça jinoyat dalillarini yaşirib, hujjatlarni qalbakilaştirgan tergovçi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanişdi.

Hujjatda keltirilişiça, sudlanuvçi D.O. Davlatobod tumani IIB huzuridagi tergov bölimida katta tergovçi lavozimida işlab kelgan. U öz iş yurituvida bölgan D.K. ning arizasi böyiça tergovga qadar tekşiruv harakatlarini ötkazgan. D.K 2025 yilning 14 mart kuni tuman IIBga murojaat qilib, V.V. ismli şaxs tomonidan joriy yilning 13 mart kuni aviakassa binosida öziga nisbatan zörlik işlatilib, majburiy jinsiy aloqa qilinganini bildirgan.

Tekşiruv davomida D.K. ning nomusiga tegilganiga oid jarohat va dalillar mavjudligi aniqlangan. Şuningdek, uşbu jarohatlar sud-tibbiy körikdan 1-2 sutka avval yetkazilgani hamda soğliqqa yengil tan jarohati sifatida baholanişi qayd etilgan.

Şunga qaramasdan, D.O. gumonlanuvçi şaxs nomidan tuşuntiriş xati tayyorlagan. Mazkur hujjatga D.K. gumonlanuvçi V.V. bilan jinsiy aloqani öz ixtiyori bilan qilgani haqida yolğon malumotlar kiritilgan va imzolar qalbakilaştirilgan. Şu orqali D.O. nomusga tegiş jinoyatini qasddan yaşirib, V.V. harakatlarida jinoyat tarkibi aniqlanmagan, degan asos bilan jinoyat işi qözğatişni rad etiş haqida asossiz qaror qabul qilgan. 

Bundan taşqari, u mazkur qaror göyoki Davlatobod tumani prokuraturasi tomonidan örganib çiqilgani hamda “IIB huzuridagi tergov bölimi katta tergovçisi kapitan D.O. ning 2025 yil 22 martdagi jinoyat işi qözğatişni rad qiliş töğrisidagi qarori töğri deb hisoblanadi” mazmunidagi xulosa berilgani haqida soxta malumotlarni qarorga kiritgan. Şuningdek, u 2025 yil 22 mart sanasi bilan rasmiylaştirilgan mazkur qarorga tuman prokurori örinbosarining elektron imzosini noqonuniy ravişda qöygan.

Hujjatda keltirilişiça, tezkor çora körilmagani oqibatida oçiqlikda qolgan V.V. 2025 yilning iyunida 2012 yilda tuğilgan voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zöravonlik qilgan. Şuningdek, 2025 yil iyul oyida 21 yoşli ayolni öldiriş bilan qörqitib, uning  ham nomusiga tekkan. Uşbu jinoyatlardan söng u qölga olingan va 9 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Jinoyat işlari böyiça Namangan şahar sudi tomonidan D.O. hokimiyat vakolatidan çetga çiqiş, mansab soxtakorligi va dalillarni qalbakilaştirişda aybdor deb topilgan. Unga 3 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Keyinroq viloyat sudi apellyatsiya bosqiçida ayblovdan bir modda çiqarilgan va D.O. ning jazosi 3 yil-u 25 kun etib belgilangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq 2010 yilda tuğilgan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan Andijon viloyat IIB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markazi inspektori qamoqqa olingandi. Keyinroq, Surxondaryoda ham inspektor voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgani aniqlandi.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: